BOQUVCHI VAFOT ETGANLIGI MUNOSABATI BILAN YETKAZILGAN ZIYON QANDAY TARTIBDA QOPLANADI?
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 329-moddasiga asosan, boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini ish beruvchi tomonidan qoplash boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrni ish beruvchi tomonidan qoplanishiga doir huquqqa ega boʻlgan shaxslarga quyidagilarni toʻlashni oʻz ichiga oladi:
- § bir yoʻla beriladigan nafaqani;
- § boquvchining yoʻqotilgan ish haqi oʻrnini qoplash uchun amalga oshiriladigan har oylik toʻlovlarni;
- § qoʻshimcha xarajatlarni kompensatsiya qilishni.
Mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi tufayli boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam boʻlmasligi kerak.
Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o'rni quyidagicha qoplanadi:
- ü voyaga yetmagan shaxslarga — 18 yoshga to'lguniga qadar;
- ü 18 yoshdan oshgan o'quvchilarga — kunduzgi ta'limni tugatguniga, lekin ko'pi bilan 23 yoshga to'lguniga qadar;
- ü 55 yoshdan oshgan ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;
- ü nogironligi bo'lgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;
- ü marhumning qaramog'ida bo'lgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band bo'lgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila a'zosiga — qaramog'idagi shaxslar 14 yoshga to'lguniga qadar.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH
personmaftuna 28-09-24, 17:15Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi. Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan...
HUKMLARNING DUBLIKATLARI VA KOʻCHIRMA NUSХALARI UCHUN BOJ
personmaftuna 29-09-24, 22:34Prezident tomonidan 14.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining...
АҲОЛИГА ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН НЕВРОЛОГИК ЁРДАМ КЎРСАТИШ
personmaftuna 26-09-25, 18:15“Япония халқаро ҳамкорлик агентлиги ( JICA ) иштирокидаги “Республика ихтисослаштирилган неврология ва инсульт...