YANGI TASHKIL QILINGAN TERGOV SUDYALARI VA ULARNING VAKOLATLARI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?
2025-yil 1-yanvardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida prosessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi joriy etish belgilangan. Jumladan;
- tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo‘llash masalasi bo‘yicha qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bilan bog‘liq iltimosnomalarni,
- qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog‘lik iltimosnomalarni,
- pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni,
- murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnomalarni,
- pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarni,
- tintuv o‘tkazish haqidagi iltimosnomalarni,
- telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnomalarni,
- mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarni,
- ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni,
- shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnomalarni, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomasini, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni,
- prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqish vakolati berilgan.
Tergov sudyasi o'z faoliyatini mustaqil amalga oshiradi hamda faqat qonunga bo'ysunadi.
Tergov sudyasi o'z faoliyatini mustaqil amalga oshirib, faqat qonunga bo'ysunadi hamda tergov sudyasiga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo'l qo'yilmaydi;
tergov sudyalarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shuningdek, sudyalar korpusini shakllantirish qonunda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
Tergov sudyasining tashkiliy faoliyatiga rahbarlik tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Harbiy sud raislari tomonidan amalga oshiriladi. Qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta'minlash tergov sudyasi faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.
Tergov sudyasi lavozimi uchun shtat birliklari sudlarning mavjud shtat birliklari hamda 2025–2027 yillar uchun ajratiladigan qo'shimcha shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“PROBATSIYA TOʻGʻRISIDA”GI QONUN QABUL QILINDI
personmaftuna 18-08-24, 03:58Prezident tomonidan 07.08.2024-yildagi “Probatsiya toʻgʻrisida”gi OʻRQ-938-son Qonun imzolandi. IIV Jamoat х avfsizligi...
АЙРИМ ФУҚАРОЛАРГА ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ВА ГАЗ УЧУН КОМПЕНСАЦИЯ
personmaftuna 28-05-24, 02:32Вазирлар Маҳкамасининг 16.04.2024 йилдаги “Ёқилғи-энергетика соҳасида бозор механизмларини жорий этишнинг қўшимча...
FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMLARINI YOZISH BO‘LIMLARIDAGI
personmaftuna 14-03-24, 06:12Nikoh jamiyatimizning asosiy bo`gini bo`lmish oilaning huquqiy normalar bilan mustahkamlab qo`yilgan...