Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMLARINI YOZISH BO‘LIMLARIDAGI NIKOHNI QAYD QILISHDAGI MUHIM QOIDALAR

FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMLARINI YOZISH BO‘LIMLARIDAGI NIKOHNI QAYD QILISHDAGI MUHIM QOIDALAR

Nikoh jamiyatimizning asosiy bo`gini bo`lmish oilaning huquqiy normalar bilan mustahkamlab qo`yilgan ko`rinishidir. Har birimiz nikohdan o`tish, nikoh guvohnomasini olish kabi hayotimizdagi baxtli onlarni kutamiz. Shu bilan bir qatorda uning qayd qilinish tartibi va bu bo`yicha savollar nikohlanuvchilarni nafaqat ularning ota-onalari uchun ham bu ma`lumotlar qiziqtiradi. Fuqarolik holati dalolatnomlarini yozish bo`limlaridagi Qoidalardan nikohni qayd qilishdagi muhim normalar haqida o`rtoqlashsak.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14 va 15-moddalariga muvofiq, nikohlanuvchilarning o‘zaro roziliklari va ularning nikoh yoshiga yetganliklari nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi. Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda, alohida holatlarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmaganning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi — emansipatsiya), nikoh tuzishni xohlovchi shaxslarning iltimosiga ko‘ra, nikoh tuzilganligini qayd etish joyidagi tuman, shahar hokimi tomonidan nikohga kirish yoshi bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kamaytirilishi mumkin. Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to‘g‘rida belgilangan namunadagi yozma yoki elektron ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o‘tgach FHDY organi tomonidan qayd etiladi.

FHDY organlari tomonidan nikohlanuvchi shaxslarning nikoh tuzilganligini qayd etish to‘g‘risidagi arizasini qabul qilishda belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma beriladi. Bunda ellik yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslar OIV-infeksiyasi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan majburan o‘tishi kerak. FHDY organi mudiri uzrli sabablar bo‘lganda hamda arizachilarning iltimoslariga ko‘ra bir oylik muddatni qisqartirishi mumkin. Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi — bolalarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi yoki bir tarafning kasalligi haqidagi ma’lumotnomasi, xizmat safari to‘g‘risidagi guvohnoma va shu kabi hujjatlar ko‘rsatiladi. Nikohni qayd etish muddatini uzaytirish nikoh tuzuvchilarning birgalikdagi arizalariga binoan ko‘rib chiqiladi. Ayrim hollarda yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda, shuningdek FHDY organining tashabbusi bilan ushbu muddat uch oygacha uzaytirilishi mumkin.

Nikohlanuvchilar nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarni yashirish oqibatlari to‘g‘risida ogohlantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga muvofiq:

loaqal bittasi qayd qilingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;

nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;

loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

FHDY organi nikohni qayd etish vaqtini belgilayotganda nikohdan o‘tuvchilardan uni tantanali vaziyatda, shu jumladan joyiga borgan holda o‘tkazilishiga roziligini aniqlashi lozim. Tantanali ravishda qayd qilish yoki joylarga chiqqan holda qayd qilish faqat nikoh tuzuvchilarning xohishlariga ko‘ra joyiga borgan holda o‘tkaziladi. Nikohga kirish haqidagi arizani berishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, ya’ni fuqarolik pasporti, xorijga chiqish pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki harbiy bileti ko‘rsatilishi kerak.

Agar biron-bir sabab bilan nikoh tuzuvchilarning ikkalasi ayni bir vaqtda kelishi imkoniyati bo‘lmasa, u holda FHDY organiga arizani ulardan biri berishi mumkin, bu holda kela olmagan shaxsning imzosi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

Nikohni qayd etish faqat nikohlanuvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. FHDY organlari nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligiga hamda ushbu tekshiruvlarning natijalari to‘g‘risida ularning xabardor ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 13-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Nikohning ishonchnoma bo‘yicha yoki vakil orqali, shuningdek tibbiy tekshiruvdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma bo‘lmaganda qayd etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

FHDY organlari xodimlari nikohni qayd etish vaqtida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan shifokorlik sirlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etganligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Nikohni qayd etganlik uchun belgilangan tartibda davlat boji undiriladi.

Nikoh tuzishning belgilangan qoidalari buzilganda, shuningdek g‘arazli maqsadni ko‘zlab tuzilgan nikoh sud qarori bilan haqiqiy emas deb topiladi.

 

X.MADAMINOVA,

Yangibozor tumani fuqarolik holati dalolatnomlarini yozish bo‘limi mudirasi.

Boshqa maqolalar

ПРЕЗИДЕНТ ТОМОНИДАН ИМЗОЛАНГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРГА ЎЗГАРТИРИШ

personmaftuna 09-03-24, 00:59
0 ПРЕЗИДЕНТ ТОМОНИДАН ИМЗОЛАНГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРГА ЎЗГАРТИРИШ ВА ҚЎШИМЧАЛАР КИРИТИЛДИ

Президент томонидан имзоланган қонун (ўрқ-911-сон, 21.02.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларга ўзгартириш ва...

TADBIRKORLAR UCHUN FAOLIYAT YURITISH SHAROITLARI

personmaftuna 29-09-24, 21:39
0 TADBIRKORLAR UCHUN FAOLIYAT YURITISH SHAROITLARI YAХSHILANADI

Prezidentning 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar...

KIMLAR MA’MURIY QAMOQQA OLINISHI MUMKIN EMAS ?

personmaftuna 21-03-24, 10:10
0 KIMLAR MA’MURIY QAMOQQA OLINISHI MUMKIN EMAS ?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 29-moddasiga ko‘ra, ma’muriy qamoqqa olish chorasi quyidagilarga nisbatan...

menu
menu