Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH SOHASIDAGI JAVOBGARLIK

DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH SOHASIDAGI JAVOBGARLIK

Davlat mulki - davlat korxonalari va budjet tashkilotlari balansidagi mol-mulk, shuningdek yuridik shaxslarning ommaviy mulkni boshqaruvchi yoxud vakolatli davlat organi tomonidan tasarruf etish huquqisiz ularga berilgan mol-mulk.

Ijaraga beruvchi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;

jaraga oluvchi — belgilangan shartlarda va tartibda davlat mulki bo‘yicha ijara shartnomasini tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

      2024-yil 19-iyun kunida, Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2158-моddаsiga qo‘shimchalar kiritish haqida Prezident tomonidan qonun imzolangan.

          Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzish Ma’muriy kodeksda quyidagicha keltirib o’tilgan.

          Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to‘sqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto‘g‘ri ko‘rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish, 

        —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

         Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 

      —mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

 

Boshqa maqolalar

XODIMGA DAM OLISH KUNIDA ISHLAGANI UCHUN OTGUL BERISH

personmaftuna 29-09-24, 15:14
0 XODIMGA DAM OLISH KUNIDA ISHLAGANI UCHUN OTGUL BERISH TARTIBI

Xodimlarni dam olish kunlarida ishga jalb qilishga Mehnat kodeksining 209–211-moddalarida nazarda tutilgan quyidagi...

КАСБИЙ ТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЖАМҒАРМАСИНИНГ ФАОЛИЯТИ

personmaftuna 03-06-25, 12:31
0 КАСБИЙ ТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЖАМҒАРМАСИНИНГ ФАОЛИЯТИ ТАРТИБГА СОЛИНДИ

Ҳукумат қарори (245-сон, 19.04.2025 й.) билан “Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги...

AVTOMOBIL YOʻLLARINI TA’MIRLASH QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?

personmaftuna 14-02-25, 23:53
0 AVTOMOBIL YOʻLLARINI TA’MIRLASH QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi "Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan...

menu
menu