Kuzatuvchi » Siyosiy » XALQARO REYTING VA INDEKSLAR BILAN ISHLASH

XALQARO REYTING VA INDEKSLAR BILAN ISHLASH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyunda“Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament nazoratini kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 91-sonli Farmoni qabul qilingan. 

          Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimida parlament nazorati kuchaytirildi.

          Farmonga ko'ra, har yili Oliy Majlisi Senatida O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o'rni yaxshilanishi to'g'risidagi milliy ma'ruzani muhokama qilish tartibi joriy etiladi.

          Oliy Majlis Senati tomonidan ustuvor xalqaro reyting va indekslarning ro'yxatini tasdiqlashda tegishli xalqaro reyting hamda indekslarga mutasaddi vazirlik va idoralar biriktiriladi.

          Vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o'rni yaxshilanishi, shuningdek, ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston Respublikasining o'rnini yaxshilash bo'yicha maqsadli ko'rsatkichlarga  erishilishi uchun shaxsan mas'ul hisoblanadi.

          Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashiga quyidagi vazifalar yuklandi, jumladan:

  • mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o'rnini yaxshilashda maqsadli ko'rsatkichlarga erishish doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib borish;
  • ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o'rnini yaxshilash, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalarini biriktirish;
  • milliy ma'ruza tayyorlanishini tashkil etish va uni dastlabki tarzda ko'rib chiqish;  
  • turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarning ustuvor xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o'rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta'minlash, mazkur yo'nalishdagi ishlarning samaradorligiga to'siq bo'layotgan muammolarni bartaraf etish choralarini ko'rish.

                                                                      A.DUSCHANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

INTIZOMIY JAZO QO‘LLANGAN UNDA XODIMGA USTAMA TO‘LANMASLIGI

personmaftuna 23-01-24, 00:34
0 INTIZOMIY JAZO QO‘LLANGAN UNDA XODIMGA USTAMA TO‘LANMASLIGI NOQONUNIY AMALIYOT

Aksariyat tashkilot va korxonalarda (men bilgan yuqori darajadagi vazirlik idoralarda ham) xodimga intizomiy jazo...

CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI

personmaftuna 28-10-24, 15:56
0 CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI TASHKIL ETILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2024-yildagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida...

MAVSUMIY, VAQTINCHALIK, UY ISHLARI XODIMLARI HUQUQLARI

personmaftuna 12-12-24, 03:51
0 MAVSUMIY, VAQTINCHALIK, UY ISHLARI XODIMLARI HUQUQLARI

Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular 16 yoshga to‘lganida yo‘l qo‘yiladi. Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlar...

menu
menu