INTIZOMIY JAZO QO‘LLANGAN UNDA XODIMGA USTAMA TO‘LANMASLIGI NOQONUNIY AMALIYOT
Aksariyat tashkilot va korxonalarda (men bilgan yuqori darajadagi vazirlik idoralarda ham) xodimga intizomiy jazo qo‘llansa, unga beriladigan barcha mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalardan mahrum qilishadi.
Bu mehnat kodeksining 299-moddasiga zid
Mehnat kodeksining 299-moddasiga asosan ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin.
Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi.
O‘ziga nisbatan intizom haqidagi ustavlar va nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan xodimlarga nisbatan rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi intizom to‘g‘risidagi tegishli ustavlar va nizomlarda belgilanadi.
Mazkur moddaning 4-qismida ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi deb belgilangan. Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to‘lash to‘g‘risidagi masala mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarda hal qilinadi deyilgan.
Qanday to‘lovlar rag‘batlantirish to‘lovi hisoblanadi unda? degan o‘rinli savol tug‘ilishi tabiiy.
Moddaning 5-qismiga asosan intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.
Ya’ni tahlil yakunida shunday xulosa qilish mumkinki, xodim intizomiy jazo olgan davrida unga ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar to‘lanishi kerak. Ammo bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan to‘lanadigan to‘lovlar to‘lanishi mumkin emas.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
INSON HUQUQLARI
personmaftuna 28-09-24, 16:50Inson huquqlari - har bir insonning millati, yashash joyi, jinsi, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, dini, tili va...
ДОНОР ҚОНИ ПЛАЗМАСИДАН ДОРИ ВОСИТАЛАРИНИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ
personmaftuna 28-05-24, 03:26Вазирлар Маҳкамасининг 22.04.2024 йилдаги “Донор қонидан дори воситаларини ишлаб чиқаришни йўлга қўйишга доир қўшимча...
NECHA YOSHDAN OILAVIY BOLALAR UYI TASHKIL QILISHGA RUXSAT
personmaftuna 06-12-24, 11:19O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada...