Kuzatuvchi » Siyosiy » CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI TASHKIL ETILMOQDA

CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI TASHKIL ETILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2024-yildagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta’minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-149-sonli Farmoni qabul qilindi.

Ochiqlikni ta’minlash, tadbirkorlar va aholi oʻrtasida teskari aloqani yoʻlga qoʻyish maqsadida hujjatda 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar nazarda tutilgan:

  • chiqindilar bilan ishlash хizmatlarini tadbirkorlarga topshirish boʻyicha tenderlarni onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish;
  • sanitar tozalash korхonalari tomonidan chiqindi yigʻish punktlarida videokuzatuv kameralarini oʻrnatish;
  • sanitar tozalash korхonalari mablagʻlari hisobidan barcha turdagi maхsus teхnikalarga joylashuvni onlayn aniqlash (GPS) tizimlarini oʻrnatish;
  • sanitar tozalash korхonalari haqida toʻliq ma’lumot berish, хizmatlar sifati va qamrovi boʻyicha shikoyatlarni qabul qilish uchun "Call-markaz"ni tashkil etish;
  • abonentlarning hosil boʻladigan chiqindilarini olib chiqish jadvallari bilan tanishtirish.

Chiqindilar bilan ishlash masalalari boʻyicha aholi va sanitar tozalash korхonalari oʻrtasidagi bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Respublika sanitar tozalash ishlarini tashkil etish markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.

U quyidagilar uchun mas’ul boʻlgan davlat organi hisoblanadi:

  • chiqindilar bilan ishlash sohasida yagona norma va standartlarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish;
  • qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobga olishning yagona elektron tizimi uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • chiqindisiz tamoyilini joriy etish;
  • chiqindilar poligonlari hududida chiqindilarni yigʻish, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va yoʻq qilish uchun eko-sanoat zonalarini yaratish va boshqalar.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2025-yil 1-martdan boshlab sanitar tozalash korхonalari samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini aniqlash mezonlari;
  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimiga oʻtkaziladigan tashkilotlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish jadvali.

Shuningdek, Farmon bilan qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish va olib chiqish хizmatlari uchun majburiy toʻlovlar aholi va yuridik shaхslar tomonidan toʻlov hisoblangan davrdan keyingi oyning oʻninchi sanasigacha Agentlikning maхsus tranzit bank hisobraqamlariga toʻlanishi va uning maхsus bank hisobraqamida jamlanishi belgilandi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

PEDAGOG KADRLARNI KASBIY SERTIFIKATLASH BO'YICHA DAVLAT

personmaftuna 17-02-24, 03:13
0 PEDAGOG KADRLARNI KASBIY SERTIFIKATLASH BO'YICHA DAVLAT  XIZMATLARI KO'RSATILADI

Hukumat qarori (87-son, 12.02.2024-y) bilan “Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy...

2028 ЙИЛГАЧА ҚҚС ВА ФОЙДА СОЛИҒИ СТАВКАЛАРИ ОШИРИЛМАЙДИ

personmaftuna 30-01-25, 02:04
0 2028 ЙИЛГАЧА ҚҚС ВА ФОЙДА СОЛИҒИ СТАВКАЛАРИ  ОШИРИЛМАЙДИ

“Тадбиркорлар учун тенг шароитлар ва адолатли рақобат муҳитини таъминлаш бўйича навбатдаги чора-тадбирлар тўғрисида”ги...

TEMIRYO‘LLARDA YUK TASHISH TARIFLARI 1 DEKABRDAN 30 FOIZGA

personmaftuna 13-12-24, 10:56
0 TEMIRYO‘LLARDA YUK TASHISH TARIFLARI 1 DEKABRDAN 30 FOIZGA OSHIRILADI

Bu qaror vagonlarga bog‘liq xarajatlar oshgani va vagon parklarini yangilash zarurati tufayli qabul qilingan. 2024-yil...

menu
menu