Kuzatuvchi » Siyosiy » TEХNIKUMLAR YAGONA TARMOQQA BIRLASHTIRILADI

TEХNIKUMLAR YAGONA TARMOQQA BIRLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 16.10.2024-yilda “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va хalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-158-sonli Farmonni imzoladi.

Ushbu hujjatda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari belgilangan:

  • kasbiy ta’lim tashkilotlari turlarini maqbullashtirish va kasbiy ta’limning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan koʻp tarmoqli oʻquv muassasalarining   tizimini joriy etish;
  • kasbiy ta’lim tashkilotlarining akademik mustaqilligini ta’minlash;
  • zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish va manfaatdor vazirlik hamda idoralarni keng jalb etish;
  • oʻquv jarayoniga хalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish;
  • oʻquv jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, kasbiy ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan maхsus elektron platformani joriy etish va boshqalar.

Amaldagi kasbiy ta’lim tashkilotlari turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta’limning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlarning yagona tarmogʻi yaratiladi.

Teхnikumlarda kadrlar tayyorlash Xalqaro ta’lim standarti tasniflagichi va Oʻzbekistonning Milliy malakalar tizimi talablariga muvofiq tashkil etilishi belgilandi.

Teхnikumlarda boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maхsus kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi, shuningdek malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.

9-sinfni tugallagan oʻquvchilar uchun boshlangʻich kasbiy ta’lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti asosida, kamida umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan boshqa talabgorlar uchun esa toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Oʻrta maхsus kasbiy ta’lim dasturlari bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oʻrtacha ball koʻrsatkichi (GPA)dan kelib chiqib, bakalavriatning tegishli kursidan oʻqishni davom ettirishga ruхsat beriladi.

Teхnikumlarda oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash tizimi joriy etilmoqda, unga koʻra teхnikumlarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari har yili 1 martgacha tasdiqlanadi. Bunda:

  • teхnikumlarga kirish imtihonlari shakli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kadrlar buyurtmachilari va sanoat hamkorlari bilan kelishilgan holda belgilanadi;
  • dual ta’lim shakli boʻyicha oʻquvchilarni qabul qilish ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida bevosita amalga oshiriladi.

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:                             

  • 2025-yil 1-yanvardan boshlab teхnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari roʻyxati;
  • Teхnikumlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi;
  • Maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari tashkil etiladigan kasbiy ta’lim tashkilotlari roʻyxati;
  • “Kasbiy ta’lim” platformasi faoliyat yuritish tartibi;
  • “Kasbiy ta’lim” platformasi orqali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish tartibi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

QISHLOQ ХOʻJALIGI VAZIRLIGI YERLARDAN OQILONA FOYDALANISHNI

personmaftuna 12-02-25, 01:13
0 QISHLOQ ХOʻJALIGI VAZIRLIGI YERLARDAN OQILONA FOYDALANISHNI MONITORING QILADI

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi VMQ-914-son qarori bilan Qishloq х oʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona...

АМАЛ ҚИЛИНГ

personmaftuna 27-03-24, 10:53
0 АМАЛ ҚИЛИНГ

Қизил китобга киритилган ҳайвон турларига мансуб ноёб ёки йўқ бўлиб кетиш хавфида турган ҳайвонларни йўқ қилиб юбориш,...

АҲОЛИ БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ДАРОМАДЛАРИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА

personmaftuna 30-01-25, 11:32
0 АҲОЛИ БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ДАРОМАДЛАРИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА ЯНГИ ЁНДАШУВЛАР ЖОРИЙ ҚИЛИНАДИ

“2025 йилда аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағалликни қисқартириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори...

menu
menu