Kuzatuvchi » Siyosiy » AYRIM JINOYAT PROTSESSI QATNASHCHILARIGA HAQ TO'LASH TARTIBI BELGILANDI

AYRIM JINOYAT PROTSESSI QATNASHCHILARIGA HAQ TO'LASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (570-son, 28.10.2023 y.) bilan Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to'lanishi lozim bo'lgan mablag'larni hisoblash va to'lash tartibi to'g'risidagi Nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb e'tirof etilgan shaxs bo'lsa, u bilan birgalikda yoki uning o'rniga ishda ishtirok etishga jalb etilgan qonuniy vakiliga haq to'lab beriladi.

Mas'ul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb etilgan quyidagi shaxslarga haq to'lab beriladi:

jabrlanuvchilar va ishga ko'maklashuvchi shaxslarga:

ularning doimiy yashash joylaridan tashqaridagi hududlarda o'tkaziladigan prosessual harakatlarni amalga oshirish joyiga kelib-ketish xarajatlari;

turarjoy bilan bog'liq xarajatlari (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi);

kundalik xarajatlari;

ekspert, tarjimon, mutaxassisga ishda ishtirok etishda o'z vazifalarini bajarganligi uchun, ushbu vazifalar xizmat topshirig'i tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;

doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilar va ularning qonuniy vakili, guvohlar va xolislarga ishda ishtirok etishga ularni odatdagi mashg'ulotidan qoldirilganlik (chalg'itganlik) uchun.

Mas'ul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilingan ishga ko'maklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarning turarjoy bilan bog'liq xarajatlarini bir kunlik qoplash (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi) miqdori BHMning 1,5 baravaridan oshmasligi lozim.

Turarjoyda yashaganligi bo'yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan hollarda, har bir sutka uchun belgilangan BHMning 20 foizi miqdorida qoplanadi.

Turarjoy ijarasidan foydalanilganda, davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo'yilgan ijara shartnomasi taqdim etiladi.

Ekspert va mutaxassisga mas'ul organlar (mansabdor shaxslar) topshirig'iga ko'ra bajargan ishi uchun soatiga BHMning 0,10 koeffisienti miqdorida haq to'lanadi.

Bir tarjimon tomonidan har bir ko'rsatilgan xizmati uchun alohida to'lov amalga oshiriladi.

Mazkur qoidalar prosessual majburiyatlarni xizmat topshirig'i sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan ekspert, mutaxassis va tarjimonga o'z vazifalarini bajarganlik uchun haq to'lashga hamda xizmat safari bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni qoplab berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

SUD BUYRUGʻINI BERISH HAQIDAGI YANGI TALABLARDAN

personmaftuna 29-06-24, 06:59
0 SUD BUYRUGʻINI BERISH HAQIDAGI YANGI TALABLARDAN XABARDORMISIZ?

Fuqarolik protsessual kodeksining 172-moddasiga koʻra sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda, shu...

КАСБИЙ ТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЖАМҒАРМАСИНИНГ ФАОЛИЯТИ

personmaftuna 03-06-25, 12:31
0 КАСБИЙ ТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЖАМҒАРМАСИНИНГ ФАОЛИЯТИ ТАРТИБГА СОЛИНДИ

Ҳукумат қарори (245-сон, 19.04.2025 й.) билан “Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги...

QANDAY HOLLARDA IQTISODIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN

personmaftuna 21-03-25, 16:14
0 QANDAY HOLLARDA IQTISODIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Da’vogarlar — o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish hamda o‘rmondan foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va...

menu
menu