HAVO TRANSPORTIDA QAYSI HOLLARDA BEPUL XIZMAT KO‘RSATILADI?
Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga muvofiq agar parvoz vaqti kechiktirilsa, tashuvchi yo‘lovchiga yetkazilgan zararni qoplashi zarur. Zarar miqdori parvoz kuponi narxidan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Yo‘lovchi yetkazilgan zarar uchun tashuvchi tomonidan bepul qo‘shimcha ko‘rsatiladigan xizmatlar: ko‘rsatiladigan xizmatlar
bir marotaba telefon orqali gaplashish yoki telegramma yuborish yoki boshqa aloqa xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash;
parvozgacha kutish davrida yoki transportning boshqa turi orqali tashishgacha bo‘lgan vaqtda oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash;
tashuvchi qoidalarida belgilangan muddat kutish vaqtidan ko‘ra ko‘proq bo‘lsa, mehmonxona bilan ta’minlash;
kutish vaqtida transport orqali aeroportdan vaqtinchalik yashash joyigacha eltib qo‘yish va qaytishni ta’minlash;
chiptada nazarda tutilgan tutash reyslarga kechikish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNI YASHASH JOYI
personmaftuna 08-08-25, 14:41“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va...
FAQAT BIRJA ORQALI SOTILADIGAN TOVARLAR ROʻYХATI
personmaftuna 15-05-25, 13:03Vazirlar Mahkamasining 11.04.2025-yildagi «Zamonaviy birja me х anizmlarini joriy etish orqali birja savdolarida nar х...
MAVSUMIY ISHLAR
personmaftuna 29-06-24, 06:53Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir ....