FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN SHAXSLARNI YASHASH JOYI BO‘YICHA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TARTIBI BELGILANDI
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1074-sonli, 10.07.2025-yildagi qonuni qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi bo‘yicha xabardor qilish tartibida ro‘yxatdan o‘tkazish mas’ul xodimlar tomonidan “E-mehmon” tizimi orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari O‘zbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi shart.
O‘zbekiston fuqarolarini yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida;
davlat xizmatlari markazlarida;
YaIDXP (my.gov.uz) orqali.
Yashash joyi va turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
АҲОЛИГА БЕРИЛГАН ИПОТЕКА КРЕДИТЛАРИНИ ТАКРОР МОЛИЯЛАШТИРИШ
personmaftuna 19-03-25, 06:07Қонун (ЎРҚ-1028-сон, 12.02.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Қонун билан...
MEHNAT DAFTARCHASINI ХODIMNING QARINDOSHIGA BERISH MUMKINMI?
personmaftuna 28-03-24, 00:47Xodimdan notarial tasdiqlangan ishonchnoma taqdim etilgan taqdirda mehnat daftarchasini uchinchi shaхsga berishga yoʻl...
ENERGETIKA BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA TARTIBGA SOLISH
personmaftuna 03-06-24, 02:17Vazirlar Mahkamasining 30.04.2024 - yildagi 252-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini...