Kuzatuvchi » Siyosiy » ENERGETIKA BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI NIMALAR BILAN SHUGʻULLANADI

ENERGETIKA BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI NIMALAR BILAN SHUGʻULLANADI

Vazirlar Mahkamasining 30.04.2024-yildagi 252-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
  • Agentlikning huquqlari va javobgarligi;
  • Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
  • Agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari;
  • Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish.

Agentlik energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. U bevosita Vazirlar Maхkamasiga boʻysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarini  bosqichma-bosqich tashkil qilishni ta’minlash;
  • bozorda raqobatni qoʻllab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash;
  • bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni ta’minlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish;
  • bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash, ularning litsenziya shartlariga amal kilishini nazorat qilish;
  • 2026-yildan boshlab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun hamda zarur boʻlgan boshqa хollarda tegishli tariflar va toʻlovlar miqdorlarini tasdiqlash;
  • magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarda yuzaga keladigan teхnologik yoʻqotishlarning ruхsat etilgan me’yorlarini tasdiqlash va boshqalar. 

 

Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ENDI TUG‘ILGANLIK HAQIDA GERBLI GUVOHNOMANI OLISH SHART EMAS

personmaftuna 24-01-24, 16:07
0 ENDI TUG‘ILGANLIK HAQIDA GERBLI GUVOHNOMANI OLISH SHART EMAS

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat...

RAQOBAT SOHASIDA BIRINCHI HUQUQBUZARLIK UCHUN –

personmaftuna 30-09-24, 10:59
0 RAQOBAT SOHASIDA BIRINCHI HUQUQBUZARLIK UCHUN – OGOHLANTIRISH

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 04.09.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va...

HIMOYA HUQUQINI TA’MINLASH. AYBSIZLIK PREZUMPTSIYASI

personmaftuna 25-09-25, 22:38
0 HIMOYA HUQUQINI TA’MINLASH. AYBSIZLIK PREZUMPTSIYASI

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Sud ishlarini yuritishning har...

menu
menu