Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZBEKISTON SPORTCHILARI OLIMPIYA VA PARALIMPIYA O‘YINLARIGA KOMPLEKS TAYYORLANADI

O‘ZBEKISTON SPORTCHILARI OLIMPIYA VA PARALIMPIYA O‘YINLARIGA KOMPLEKS TAYYORLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.07.2025-yildagi “2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ–221-sonli qarori qabul qilindi. 

 

Quyidagilar O‘zbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlashning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

 

sportning ustuvor toifadagi boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, og‘ir atletika turlari bo‘yicha medallar sonini oshirish;

 

sportning rivojlanayotgan toifadagi triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy besh kurash kabi 21 ta turi bo‘yicha litsenziyalarni qo‘lga kiritish;

 

xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

 

Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida erishgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi.

 

Ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari ro‘yxati har 4 yilda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan kalendar yilning yakuniga qadar qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 31-01-24, 04:22
0 BILASIZMI?

Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari doirasida byudjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz...

RAQAMLI MARKIROVKA QOIDALARIGA RIOYA QILINISHINI NAZORAT

personmaftuna 07-06-25, 20:19
0 RAQAMLI MARKIROVKA QOIDALARIGA RIOYA QILINISHINI NAZORAT QILISH BO'YICHA HUDUDLARARO SOLIQ INSPEKSIYASI TASHKIL ETILADI

Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/9448) Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish...

DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA

personmaftuna 16-12-24, 18:53
0 DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH TARTIBI QANDAY?

Mehnat kodeksiga ko‘ra, belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan xodimga dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan...

menu
menu