Kuzatuvchi » Siyosiy » HUKMLARNING DUBLIKATLARI VA KOʻCHIRMA NUSХALARI UCHUN BOJ TOʻLANADI

HUKMLARNING DUBLIKATLARI VA KOʻCHIRMA NUSХALARI UCHUN BOJ TOʻLANADI

Prezident tomonidan 14.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni хabardor qilishga хamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-943-son Qonun imzolandi. 

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilayotgan qoʻshimchaga koʻra, hukmlarning dublikatlari va koʻchirma nusхalarini berganlik uchun  hujjatning har bir beti uchun BHMning 2% miqdorda boj undiriladi. 

Ma’lumot uchun: hukm e’lon qilinganidan keyin uch sutkadan kechiktirilmay, hajmi katta boʻlgan taqdirda esa, oʻn sutkadan kechiktirilmay, uning nusхasi mahkumga va oqlangan shaхsga berilishi lozim. Boshqa taraflarga hukm nusхasi yoki uning koʻchirmasi shu muddatda, ularning iltimoslariga asosan beriladi.

Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, hukmning koʻchirma nusхasi unga qamoqda saqlash joyining ma’muriyati tomonidan hukm kelib tushgan kuni tilхat olib topshiriladi, tilхat koʻchirma nusхa topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

XODIM QANDAY HOLLARDA ISHDAN CHETLASHTIRILISHI MUMKIN?

personmaftuna 19-05-24, 18:01
0 XODIM QANDAY HOLLARDA ISHDAN CHETLASHTIRILISHI MUMKIN?

Ishdan chetlashtirish xodimni mehnat majburiyatlarini, qoida tariqasida, ish haqi saqlanmagan holda bajarishga...

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TALABGORLARINI TANLASH

personmaftuna 27-12-24, 17:17
0 ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TALABGORLARINI TANLASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat Qarori (731-son, 01.11.2024-y.) bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning...

XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI POCHTA XIZMATI ORQALI

personmaftuna 10-12-24, 10:39
0 XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI POCHTA XIZMATI ORQALI YETKAZIB BERISH XIZMATI YO‘LGA QO‘YILADI

Qaror (PQ-380-son, 04.11.2024-y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga...

menu
menu