Kuzatuvchi » Siyosiy » IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini 3 oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor bo‘lishi mumkin.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi istalgan tarafning talabiga binoan sud tartibida bekor bo‘lishi mumkin. Agar ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar bo‘lgan boshqa fuqarolar ogohlantirish olganlardan keyin ham uy-joydan uning vazifasiga binoan foydalanmaslikni yoki qo‘shnilarning huquq va manfaatlarini buzishni davom ettirsalar, ijaraga beruvchi uy-joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqli.

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lgan qoidabuzarliklarga barham berish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi. Belgilangan tartibga ko‘ra ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.

Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga ko‘ra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

personmaftuna 11-12-24, 23:52
0 KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z...

XODIM BOSHQA JOYDAGI ISHGA KO‘CHIB O‘TAYOTGANDA

personmaftuna 29-09-25, 22:51
0 XODIM BOSHQA JOYDAGI ISHGA KO‘CHIB O‘TAYOTGANDA KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARI QANDAY TARTIBDA BO‘LADI?

Ish beruvchi bilan oldindan kelishuv bo‘yicha boshqa joyga ishga ko‘chib o‘tgan xodimlarga, shuningdek taqsimot...

OTMGA QABUL QILISH TARTIBI OʻZGARADI

personmaftuna 24-06-24, 09:18
0 OTMGA QABUL QILISH TARTIBI OʻZGARADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 24.05.2024-yildagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat...

menu
menu