Kuzatuvchi » Siyosiy » MAHALLIY KENGASHLARGA SAYLOV QANDAY TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI?

MAHALLIY KENGASHLARGA SAYLOV QANDAY TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI?

Mahalliy Kengashlarga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 5 yil muddatga o‘tkaziladi.

          Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida 70 kun qolganida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak.

          Saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida 5 kunlik muddatda partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalar ro‘yxati arizalarning kelib tushish navbati tartibiga qarab matbuotda e’lon qilinadi.

          Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

          Saylov kuni 21 yoshga to‘lgan hamda kamida 5 yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar mahalliy Kengashlar deputatligiga saylanish huquqiga ega.

          Quyidagilar:

  • sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
  • saylov kuniga qadar so‘nggi 5 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qo‘mitasining, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
  • diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.

          Sudyalar, prokuratura organlarining va ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (bundan viloyat, tuman va shahar hokimlari mustasno) deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza berish sharti bilan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadi.

Mahalliy Kengashlarning deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga 65 kun qolganida boshlanadi va saylovga 45 kun qolganida tugallanadi.

          Ayollarning soni siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar umumiy sonining kamida 40 foizini tashkil etishi kerak.        

          Bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish

Okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash

          Mahalliy Kengashlarga o‘tkazilgan saylovni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi qaror tegishli saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va ovoz berish yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran 5 kun ichida bu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

UY-JOY UCHUN SUBSIDIYA OLISH TARTIBLARI OʻZGARTIRILDI.

personmaftuna 29-06-24, 07:02
0 UY-JOY UCHUN SUBSIDIYA OLISH TARTIBLARI OʻZGARTIRILDI. NIMALARNI BILISH KERAK?

2024-yilda ipoteka krediti ajratish, aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra...

QANDAY HOLLARDA MIGRATSIYA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH

personmaftuna 21-03-25, 16:18
0 QANDAY HOLLARDA MIGRATSIYA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH SOHASIDAGI HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH HAMDA BERISHDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasportini berganlik uchun, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining...

ISHGA JOYLASHTIRISH BO‘YICHA DAVLAT KAFOLATLARI

personmaftuna 14-06-24, 16:15
0 ISHGA JOYLASHTIRISH BO‘YICHA DAVLAT KAFOLATLARI

Har kim o‘zining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda...

menu
menu