ISHGA JOYLASHTIRISH BO‘YICHA DAVLAT KAFOLATLARI
Har kim o‘zining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat qilish yoki mehnat organlarining bepul ko‘magi orqali, shuningdek xususiy bandlik agentliklarining xizmatlari vositasida ish joyini erkin tanlash huquqiga egadir.
Davlat: bandlik turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini, ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan, qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazishdan, xodimni ishdan chetlashtirishdan va mehnat shartnomasini bekor qilishdan himoyalanishni, maqbul keladigan ish tanlashga va ishga joylashishga bepul ko‘maklashishni, kasb egallashda va ishga ega bo‘lishda, mehnat qilish va bandlik sharoitlarida, mehnatga haq to‘lashda, xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishda har kimga imkoniyatlar tengligi yaratilishini, ish qidirayotgan shaxslarni va ishsizlarni kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga ko‘maklashishni, mehnat organlarining taklifiga ko‘ra ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib ketish munosabati bilan qilingan xarajatlar kompensatsiya qilinishini, haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish imkoniyatini kafolatlaydi.
Ishga joylashtirish bo‘yicha kafolatlarni taqdim etish tartibi aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЭЛЕКТР ЭНЕРГЕТИКАСИ СОҲАСИДАГИ ФАОЛИЯТ ТУРЛАРИНИ
personmaftuna 19-03-25, 06:10Ҳукумат қарори (91-сон, 13.02.2025 й.) билан "Электр энергетикаси соҳасидаги фаолият турларини лицензиялаш тартиби...
HAYVONOT VA O‘SIMLIK DUNYOSINING MUHOFAZASI KUCHAYTIRILADI
personmaftuna 06-12-24, 17:28Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1004-son, 21.11.2024-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun...
QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISHNING TURLARI VA SHAKLLARI
personmaftuna 26-09-24, 02:07Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining...