QANDAY HOLLARDA MIGRATSIYA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH SOHASIDAGI HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH HAMDA BERISHDA DAVLAT BOJINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasportini berganlik uchun, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini, yaqin qarindoshlari vafot etganda yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda, fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarga (bitimlarga) muvofiq ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilganda, voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda, voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, ta’lim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda, Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda berganlik uchun, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat bojini to‘lashdan ozod qilinad. O’zbekiston Respublikasining Davlat boji to’g’risidagi qonuniga asosan boshqa hollarda ham davlat bojidan ozod qilish tartibi qo’llanadi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ХАВФЛИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ОБЪЕКТЛАРИДАН ФОЙДАЛАНУВЧИ ТАШКИЛОТЛАР
personmaftuna 01-09-25, 01:40Ҳукумат қарори (26-сон, 21.01.2025 й.) билан “Хавфли ишлаб чиқариш объектларидан фойдаланувчи ташкилотларнинг раҳбар ва...
DAVLAT ISHTIROKIDAGI YIRIK KORXONALAR XALQARO BOZORLARDA
personmaftuna 20-06-25, 13:57“Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish to'g'risida”gi Prezident qarori...
HUDUDLARGA QO‘YILADIGAN YONG‘IN XAVFSIZILIGI TALABLARINI
personmaftuna 28-06-24, 23:53O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid...