Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT ISHTIROKIDAGI YIRIK KORXONALAR XALQARO BOZORLARDA XUSUSIYLASHTIRILADI

DAVLAT ISHTIROKIDAGI YIRIK KORXONALAR XALQARO BOZORLARDA XUSUSIYLASHTIRILADI

“Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro bozorlarda xususiylashtirish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-145-son, 21.04.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xalqaro va mahalliy bozorlarda sotishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

29 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketini (ulushlarni) nufuzli xalqaro professional konsultantlarni jalb qilgan holda ommaviy savdolarga chiqarish;

12 ta davlat ishtirokidagi yirik korxona ustav kapitalidagi aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va (yoki) ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini o'tkazish.

2025-yil 1-iyulgacha Energetika vazirligining yoqilg'i yetkazib berishning eng kam miqdori bo'yicha kafolati asosida xalqaro bozorda issiqlik elektr stansiyalarining ochiq ommaviy savdolarini e'lon qiladi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-dekabrga qadar 2030-yilgacha davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqilishi ta'minlanadi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH TO‘G‘RISIDA

personmaftuna 20-02-24, 09:36
0 JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining “ Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida ”gi, “ Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida...

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:52
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, mehnat intizomi deb barcha xodimlarning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga,...

BILASIZMI?

personmaftuna 09-02-24, 23:09
0 BILASIZMI?

Prezident tomonidan 15.11.2023-yildagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va...

menu
menu