O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT BOSHQARUVI AKADEMIYASI QAYTA TASHKIL ETILADI
“Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident Farmoni (PF-78-son, 05.05.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.
Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy ta'limdan keyingi ta'lim bosqichlarida o'qitish belgilandi.
SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi tuziladi.
2025-yil 1-iyuldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi hamda malaka oshirishning an'anaviy, muqobil va mustaqil shakllari joriy etiladi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QAYSI HOLATLARDA MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISH ORGANI ISH
personmaftuna 12-08-24, 23:44Vazirlar Mahkamasining 10.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining «Raqobat toʻgʻrisida»gi Qonuni qabul...
ИЖТИМОИЙ СОЛИҚ ТЎҒРИСИДА ЯНГИ НИЗОМ ТАСДИҚЛАНДИ
personmaftuna 22-02-24, 06:27Вазирлар Маҳкамасининг қарори билан Ижтимоий солиқни тақсимлаш, пенсия ва бошқа тўловларни тўлаш учун ажратилган...
MEHNAT DAFTARCHASINI ХODIMNING QARINDOSHIGA BERISH MUMKINMI?
personmaftuna 28-03-24, 00:47Xodimdan notarial tasdiqlangan ishonchnoma taqdim etilgan taqdirda mehnat daftarchasini uchinchi shaхsga berishga yoʻl...