Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ODIL SUDLOV AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ODIL SUDLOV AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI

“Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21.08.2025-yildagi PF–141-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Sudyalar oliy kengashi 

huzuridagi Sudyalar oliy maktabi negizida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi. 

 2025-yil 1-oktabrdan:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash Akademiyaning 6 oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida davlat granti asosida tashkil etiladi;

kurslarga qabul qilingan shaxslar ularning egallagan lavozimi butun o‘qish davri mobaynida saqlanadi;

 o‘qish davrida tinglovchilarga sudya yordamchisining 1 oylik mehnatiga haq to‘lash fondi miqdorida har oyda stipendiya to‘lanadi;

kursga qabul qilish quyidagilardan iborat tanlov asosida amalga oshiriladi:

psixologiya, 

chet tillari; 

sud ixtisosligi bo‘yicha test sinovlari;

yozma imtihon; 

yakka tartibdagi suhbat.

Yakuniy attestatsiya imtihoni natijalariga ko‘ra, kursni tamomlagan bitiruvchilar arizasiga asosan bo‘sh sudyalik lavozimlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda  ishtirok etadilar. 

O‘qish dasturini o‘zlashtirmagan va yakuniy attestatsiya imtihonidan  o‘tmagan tinglovchilar, bo‘sh sudyalik lavozimiga 3 yilgacha muddatda ariza topshirmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan bitiruvchilar olingan stipendiya summasini to‘liq miqdorda qoplab beradilar.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGINING “MAYNING-PUL

personmaftuna 27-03-24, 11:43
0 ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGINING “MAYNING-PUL FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUGʻI QABUL QILINDI

Ma’lumot uchun: mayning-pul – mayning jarayonini ta’minlash maqsadida hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi elektron...

ELEKTRON ARXIVNING ASOSIY VAZIFALARI

personmaftuna 29-09-24, 13:10
0 ELEKTRON ARXIVNING ASOSIY VAZIFALARI

Elektron arxiv – arxiv maqomiga ega bo‘lgan, tashkilot elektron hujjatlarini jamlovchi, hisobga oluvchi, saqlovchi va...

PILLA YETISHTIRISH VA IPAKCHILIK SOHASIDA BOZOR

personmaftuna 25-06-24, 20:02
0 PILLA YETISHTIRISH VA IPAKCHILIK SOHASIDA BOZOR MEXANIZMLARI JORIY QILINISHI JADALLASHTIRILADI

“Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha...

menu
menu