Kuzatuvchi » Siyosiy » SUDLAR FAOLIYATIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI JORIY ETILADI

SUDLAR FAOLIYATIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI JORIY ETILADI

“Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 21.08.2025-yildagi PF–140-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.

 Farmonga ko‘ra, sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishning ustuvor maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

sud ishlarini yuritishda qog‘oz shaklidan voz kechish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida ishlarning yuritilishini bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;

sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik infratuzilma yaratish;

Oliy sudning axborot tizimlari negizida sud hujjatlari arxivi modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

sudlar faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha “Kiber huquq” yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlarining raqamli savodxonligi va malakasini doimiy oshirib borish.

“Raqamli sud” konsepsiyasini amalga oshirish doirasida:

sudga ariza berishdan oldin sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantiriladi;

murojaatlar sudga elektron shaklda yuboriladi;

sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantiriladi.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

BALIQ OVLASH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUD

personmaftuna 20-06-25, 13:15
0 BALIQ OVLASH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUD

Qonunchilikka ko'ra, tegishli ruxsati bo'lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda,...

ELEKTRON MEHNAT SHARTNOMALARINI QANDAY ROʻYХATDAN OʻTKAZISH

personmaftuna 12-02-25, 01:19
0 ELEKTRON MEHNAT SHARTNOMALARINI QANDAY ROʻYХATDAN OʻTKAZISH KERAK?

27.12.2024-yildagi 891-son Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va...

“UMRA” TADBIRINI TASHKIL ETISH QOIDALARI BELGILANDI

personmaftuna 28-10-24, 15:39
0 “UMRA” TADBIRINI TASHKIL ETISH QOIDALARI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2024-yildagi 668-son qarori bilan “Umra” tadbirini tashkil etish...

menu
menu