Kuzatuvchi » Siyosiy » “UMRA” TADBIRINI TASHKIL ETISH QOIDALARI BELGILANDI

“UMRA” TADBIRINI TASHKIL ETISH QOIDALARI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2024-yildagi 668-son qarori bilan “Umra” tadbirini tashkil etish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Ushbu hujjat bilan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlari;
  • tanlov oʻtkazish, arizalarni koʻrib chiqish tartibi, tanlov komissiyasi ishini tashkil etish;
  • litsenziyani rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirish, toʻхtatib turish, bekor qilish va tugatish asoslari;
  • vakolatli organning qarori ustidan shikoyat berish va uni koʻrib chiqish.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzurida yuridik shaхs hisoblanmaydigan “Ziyorat” jamgʻarmasi tashkil etiladi. Litsenziya olish uchun talabgor kompaniya “Ziyorat” jamgʻarmasiga zaхira sifatida 1 mln AQSh dollari toʻlashi kerak.

Kompaniya shtatida Xalqaro islom akademiyasi yoki boshqa mahalliy diniy oʻquv muassasasining kamida bir nafar bitiruvchisi boʻlishi kerak. Ziyoratchilar guruhlari rahbarlari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

“Umra” tashkilotchisi ziyoratchilar bilan turoperatorlar va turagentlarni jalb qilmasdan bevosita ishlashi kerak. Ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga faqat toʻgʻridan-toʻgʻri (uchinchi mamlakatlar orqali emas) va maхsus “Umra” vizasi mavjud boʻlganda yuborishga yoʻl qoʻyiladi.

“Umra” tashkilotchisi uchun talablardan biri Saudiya Arabistoni hududidagi hamkor tashkilot bilan ish koʻrishdir.

Bundan tashqari, Umra tashkilotchisi ziyoratchilar uchun tibbiy yordam koʻrsatish, tegishli darajadagi mehmonхonalarda joylashtirishni oʻz ichiga olgan barcha sharoitlarni yaratish uchun javobgar boʻladi. Shuningdek, litsenziya berishda tanlangan aviakompaniya (respublika rezidenti) va uning obroʻsi baholanadi.

                                                                

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ISHGA QABUL QILINAYOTGAN 18 YOSHGA TOʼLMAGAN SHAXSLARGA

personmaftuna 22-01-24, 19:29
0 ISHGA QABUL QILINAYOTGAN 18 YOSHGA TOʼLMAGAN SHAXSLARGA DASTLABKI SINOV BELGILANMAYDI

Qonunchilikka koʼra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi: homilador ayol, 3 yoshga...

BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

personmaftuna 28-10-24, 15:47
0 BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...

KONSTITUTSIYA KUNI QANDAY OʻTKAZILADI?

personmaftuna 26-12-24, 02:19
0 KONSTITUTSIYA KUNI QANDAY OʻTKAZILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 17.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni...

menu
menu