TOVAR VA MOLIYA BOZORLARIDA SOG‘LOM RAQOBAT MUHITI TA’MINLANADI
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-954-son, 04.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
- “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
- Bundan tashqari “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritilib, unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya sub’ektlari jumlasiga kiritilsa, o‘sha faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
- Jazolar tizimini liberallashtirish maqsadida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past ta’sir darajasiga ega bo‘lgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar tarzidagi javobgarlik choralari qo‘llanilmasligini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
- Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HAMDA MAʼMURIY JAVOBGARLIK
personmaftuna 18-03-24, 01:46O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan 31.10.2023-yildagi O‘RQ–874-sonli qonun bilan Jinoyat hamda...
КЎЧМАС МУЛКНИ ОММАВИЙ БАҲОЛАШ ТИЗИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 19-03-25, 06:43“Кўчмас мулкни оммавий баҳолаш тизимини жорий этиш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-43-сон, 05.03.2025 й.) қабул...
MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA XODIM BILAN HISOB-KITOB
personmaftuna 25-06-24, 19:49Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan...