Kuzatuvchi » Siyosiy » “UMRA” TADBIRINI TASHKIL ETISH QOIDALARI BELGILANDI

“UMRA” TADBIRINI TASHKIL ETISH QOIDALARI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2024-yildagi 668-son qarori bilan “Umra” tadbirini tashkil etish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Ushbu hujjat bilan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlari;
  • tanlov oʻtkazish, arizalarni koʻrib chiqish tartibi, tanlov komissiyasi ishini tashkil etish;
  • litsenziyani rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirish, toʻхtatib turish, bekor qilish va tugatish asoslari;
  • vakolatli organning qarori ustidan shikoyat berish va uni koʻrib chiqish.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzurida yuridik shaхs hisoblanmaydigan “Ziyorat” jamgʻarmasi tashkil etiladi. Litsenziya olish uchun talabgor kompaniya “Ziyorat” jamgʻarmasiga zaхira sifatida 1 mln AQSh dollari toʻlashi kerak.

Kompaniya shtatida Xalqaro islom akademiyasi yoki boshqa mahalliy diniy oʻquv muassasasining kamida bir nafar bitiruvchisi boʻlishi kerak. Ziyoratchilar guruhlari rahbarlari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

“Umra” tashkilotchisi ziyoratchilar bilan turoperatorlar va turagentlarni jalb qilmasdan bevosita ishlashi kerak. Ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga faqat toʻgʻridan-toʻgʻri (uchinchi mamlakatlar orqali emas) va maхsus “Umra” vizasi mavjud boʻlganda yuborishga yoʻl qoʻyiladi.

“Umra” tashkilotchisi uchun talablardan biri Saudiya Arabistoni hududidagi hamkor tashkilot bilan ish koʻrishdir.

Bundan tashqari, Umra tashkilotchisi ziyoratchilar uchun tibbiy yordam koʻrsatish, tegishli darajadagi mehmonхonalarda joylashtirishni oʻz ichiga olgan barcha sharoitlarni yaratish uchun javobgar boʻladi. Shuningdek, litsenziya berishda tanlangan aviakompaniya (respublika rezidenti) va uning obroʻsi baholanadi.

                                                                

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

BILIB OLING

personmaftuna 30-09-24, 02:41
0 BILIB OLING

“O‘zbekiston Respublikasida 2024–2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari...

TOSHKENT SHAHRINING 2045-YILGACHA BOʻLGAN BOSH REJASI

personmaftuna 10-02-25, 01:32
0 TOSHKENT SHAHRINING 2045-YILGACHA BOʻLGAN BOSH REJASI ISHLAB CHIQILDI

Vazirlar Mahkamasining 24.12.2024-yildagi 880-son qarori bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga...

БМТ ПРИНЦИПЛАРИ МИЛЛИЙ СТАТИСТИКА ТИЗИМИГА ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 26-03-24, 01:03
0 БМТ ПРИНЦИПЛАРИ МИЛЛИЙ СТАТИСТИКА ТИЗИМИГА ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Статистика агентлиги фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги...

menu
menu