PILLA YETISHTIRISH VA IPAKCHILIK SOHASIDA BOZOR MEXANIZMLARI JORIY QILINISHI JADALLASHTIRILADI
“Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-72-son, 03.05.2024 y.) Farmonga ko'ra, pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024–2027 yillar davomida: tutzorlar yer maydoni 160 ming gektarga, dala chetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga, respublikada ipak qurti urug'iga bo'lgan ehtiyojni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga, respublikada ishlab chiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga hamda uni qayta ishlash darajasi 75 foizga yetkaziladi. Prezident Farmonida (PF–85-son) nazarda tutilgan 105 ming gektar yer maydoni “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun aniqlangan boshlang'ich bahosining 10 foizi miqdoridagi narx bilan joylashtiriladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KASALLANGAN OILA A’ZOSINI PARVARISHLASH UCHUN CHIQSANGIZ
personmaftuna 20-10-24, 14:06“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandiga asosan...
MOLIYAVIY XAVFLARNI ANIQLASH, BAHOLASH VA BOSHQARISH
personmaftuna 23-06-25, 11:28“Moliyaviy va boshqa xavflarni aniqlash, baholash va boshqarish tartibi to‘g‘risida” gi 29.04.2025-yildagi 279-sonli...
ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ КОНЦЕПЦИЯСИНИ АМАЛГА
personmaftuna 05-06-25, 13:37“Фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепциясини 2025 йилда амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори...