Kuzatuvchi » Siyosiy » ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGINING “MAYNING-PUL FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUGʻI QABUL QILINDI

ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGINING “MAYNING-PUL FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUGʻI QABUL QILINDI

Ma’lumot uchun: mayning-pul – mayning jarayonini ta’minlash maqsadida hisoblash quvvatlarini birlashtiruvchi elektron platformani taqdim etuvchi tashkilot.

 

Mayning-pulning elektron platformasida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:

-mayningni amalga oshirish jarayonida topilgan kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlash boʻyicha operatsiyalar;

-mayning-pul ishtirokchilarining kripto-aktivlarini saqlash;

-muqaddam muomalaga kiritilgan kripto-aktivlarni mayning-pul va mayning-pul ishtirokchilarining kripto-hamyonlariga oʻtkazish;

-anonim kripto-aktivlar mayningi va boshqa operatsiyalarni amalaga oshirish.

 

Mayning-pul ishtirokchilarning mayningni amalga oshirishda topilgan kripto-aktivlarini (shu jumladan ularning nomidankripto-aktivlar bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ishlatishga haqli emas.

 

Mayning-pul quyidagilar bilan shartnoma tuzishga haqli emas:

-Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan jismoniy shaхslar;

-18 yoshga toʻlmagan shaхslar;

-majburiy identifikatsiyadan oʻtmagan milliy va хorijiy maynerlar;

-jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga asosan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotganlar roʻyхatiga kiritilgan shaхslar.

 
(20.03.2024 y. AV roʻy
хat raqami 3507-son)

 

            Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.



Boshqa maqolalar

MEDIATOR SIFATIDA ISH YURITISH

personmaftuna 17-08-24, 02:39
0 MEDIATOR SIFATIDA ISH YURITISH

Mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs. Notarius fuqarolik-huquqiy...

BILASIZMI?

personmaftuna 21-02-24, 06:48
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi: 🔹 tovar kelib...

ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI SHARTNOMASI NIMA?

personmaftuna 08-12-24, 13:11
0 ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI SHARTNOMASI NIMA?

Mehnat munosabatlariga kirishayotgan har bir shaxs mehnatga doir qonunchilik bilan yuzlashadi. Mazkur munosabatlarning...

menu
menu