Kuzatuvchi » Siyosiy » TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI TASHKIL ETILADI

TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI TASHKIL ETILADI

“Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 22.04.2025-y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra:

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi;

Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yo'lga qo'yiladi;

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi;

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko'p tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi;

Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi;

                                                           

Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik litseylari etib qayta nomlanadi.

 Ta'lim dasturlarini xalqaro tibbiy ta'lim standartlariga muvofiqlashtirib, kompetensiyalarga asoslangan tibbiy ta'lim dasturlarini joriy etish Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 31-01-24, 04:24
0 BILASIZMI?

Ma’muriy sudlarning asosiy vazifasi fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Ma’muriy...

“ЁШЛАР ДАФТАРИ” ЖАМҒАРМАСИ МАБЛАҒЛАРИ ЁШЛАРНИ ЧЕТ ТИЛЛАРИГА

personmaftuna 23-03-24, 21:40
0 “ЁШЛАР ДАФТАРИ” ЖАМҒАРМАСИ МАБЛАҒЛАРИ ЁШЛАРНИ ЧЕТ ТИЛЛАРИГА ЎҚИТИШГА ЙЎНАЛТИРИЛАДИ

21.02.2024 йил кунги ПФ-37-сон Президент Фармонига кўра, 2024 йил 1 мартдан: “Ёшлар дафтари” жамғармаси маблағлари...

OILA VA GENDER ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TASHKIL ETILDI

personmaftuna 19-11-24, 21:30
0 OILA VA GENDER ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TASHKIL ETILDI

“Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi...

menu
menu