Kuzatuvchi » Siyosiy » JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH TO‘G‘RISIDA

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasining Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlarida va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etish, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish bo‘yicha faoliyatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 15.01.2024-yilda  10-son farmonni imzoladi.

Farmonga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilmoqda, uning vazifalari quyidagilardan iborat: respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshirish, jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil va prognoz qilish; hududlar kesimida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish  choralarining samaradorligini ilmiy jihatdan baholash, shuningdek qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish orqali jinoyatchilik omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish.
 

Institut Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Institutga Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi;

Institutning joriy tashkiliy va tashabbus asosidagi tadqiqotlar xarajatlari Ichki ishlar vazirligining budjet mablag‘lari, buyurtma asosidagi tadqiqot xarajatlari esa davlat organlari (buyurtmachilar)ning budjetdan tashqari mablag‘lari, pullik xizmatlarni ko‘rsatish, milliy va xalqaro grantlar hisobidan moliyalashtiriladi.

                                                                        Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

АЙРИМ ФУҚАРОЛАРГА ГАЗ ВА ЭЛЕКТР ИСТЪЕМОЛИ УЧУН КОМПЕНСАЦИЯ

personmaftuna 30-09-24, 16:14
0 АЙРИМ ФУҚАРОЛАРГА ГАЗ ВА ЭЛЕКТР ИСТЪЕМОЛИ УЧУН КОМПЕНСАЦИЯ ТЎЛАБ БЕРИЛАДИ

Вазирлар Маҳкамасининг 16.04.2024 йил кунги 204-сон қарори қабул қилинган. Қарорга кўра: “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”...

“AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TOʻGʻRISIDA”GI O‘ZBEKISTON

personmaftuna 12-11-24, 23:11
0 “AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TOʻGʻRISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 6-MODDASINING MAZMUNINI BILASIZMI?

davriylik; umumiylik va bir paytdalik; roʻyxatga olishning yakka tartibdaligi; shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi;...

ҲАРБИЙ ХИЗМАТЧИЛАРГА ТУРАР-ЖОЙНИ ИЖАРАГА ОЛГАНЛИК УЧУН

personmaftuna 03-06-25, 11:29
0 ҲАРБИЙ ХИЗМАТЧИЛАРГА ТУРАР-ЖОЙНИ ИЖАРАГА ОЛГАНЛИК УЧУН ТЎЛАНАДИГАН КОМПЕНСАЦИЯ МИҚДОРИ ОШИРИЛДИ

“Ҳарбий хизматчиларни ижтимоий ҳимоя қилиш кучайтирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Ҳукуматининг айрим...

menu
menu