Kuzatuvchi » Siyosiy » MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan kamida 15 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.

          Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga ko‘ra Qonunchilik palatasi hamda Senat tomonidan saylanadi.

       Markaziy saylov komissiyasining Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.

          Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari va komissiya kotibi komissiya a’zolari orasidan komissiya majlisida saylanadi.

          Markaziy saylov komissiyasining a’zosi tegishli guvohnomaga ega bo‘ladi.

Saylov komissiyalari tizimiga quyidagilar kiradi:

  • Markaziy saylov komissiyasiga a’zolik.
  • Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari.

Markaziy saylov komissiyasining Raisi:

          O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 70 kun qolganida komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va 6 - 8 nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuziladi.

Saylov komissiyasi a’zolariga qo‘yiladigan talablar.

          Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali saylovchilar ro‘yxatidan o‘zlariga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi.

 

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGINI TUG‘ILGANLIK

personmaftuna 14-06-24, 02:16
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGINI TUG‘ILGANLIK BO‘YICHA OLISH

Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida: ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston...

PEDAGOG XODIMLARGA TA’LIM MUASSASASIDA QUYIDAGILAR

personmaftuna 30-09-24, 22:44
0 PEDAGOG XODIMLARGA TA’LIM MUASSASASIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan...

IQTISODIYOT TARMOQLARIDA KOSMIK MONITORING QANDAY

personmaftuna 26-12-24, 15:13
0 IQTISODIYOT TARMOQLARIDA KOSMIK MONITORING QANDAY OʻTKAZILADI?

O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi “2024-2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik te...

menu
menu