Kuzatuvchi » Siyosiy » PEDAGOG XODIMLARGA TA’LIM MUASSASASIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI!

PEDAGOG XODIMLARGA TA’LIM MUASSASASIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ida mazkur me’yorlar belgilangan.

Shunga ko‘ra, pedagoglarga ta’lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

 jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zo‘ravonlik ko‘rsatish;

 o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;

 “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;

 dars mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;

 ta’lim muassasasiga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda kelish;

 ta’lim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;

 muassasa hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;

 ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashg‘ulotlari vaqtida o‘tkazish.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY

personmaftuna 19-05-24, 03:17
0 TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATISH TAKOMILLASHTIRILADI

“Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha...

“UZAGROSTAR XOLDING” КОМПАНИЯСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 19-03-25, 06:20
0 “UZAGROSTAR XOLDING” КОМПАНИЯСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“ Uzagrostar xolding ” компанияси фаолиятини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-57-сон, 14.02.2025 й.) қабул...

O‘RINDOSH ASOSIDA ISHGA KIRAYOTGANDA QANDAY HUJJATLAR KERAK

personmaftuna 30-09-24, 22:06
0 O‘RINDOSH ASOSIDA ISHGA KIRAYOTGANDA QANDAY HUJJATLAR KERAK BO‘LADI?

Mehnat kodeksining 434-moddasiga ko‘ra, asosiy ish joyidan tashqari boshqa ish beruvchiga o‘rindoshlik asosida ishga...

menu
menu