Kuzatuvchi » Siyosiy » IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.               

Quyidagilar Agentlik tuzilmasiga o‘tkaziladi:

2024-yil 1-yanvardan:

  • Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga etmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari.

2024-yil 1-avgustdan:

  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarva maktab-internatlar, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari.

2023-yil 1-iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etilgan.

2024-yil 1-yanvargacha:

  • davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlari;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band bo‘lgan oila a’zolariga ko‘maklashish bo‘yicha ijtimoiy himoya mexanizmlari ishlab chiqildi.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Agentlik tasarrufiga o‘tkazildi;

aholiga ko‘rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo‘yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

          2024-yil 1-anvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va ko‘mak”, “Yoshlar daftari” va      “Ayollar daftari” orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va ko‘maklar qamrab olindi.

Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish hamda xayriya tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

                                                          A.DUSCHANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

SUV RESURSLARINI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI BUZISH

personmaftuna 30-05-24, 11:19
0 SUV RESURSLARINI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI BUZISH

Suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek...

YO‘QOTILGAN EGALIK HUQUQINI TASDIQLOVCHI HUJJATNING DAVLAT

personmaftuna 19-01-24, 19:43
0 YO‘QOTILGAN EGALIK HUQUQINI TASDIQLOVCHI  HUJJATNING DAVLAT ARXIVI MA’LUMOTINI OLISH TARTIBI QANDAY?

Bunda ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishi uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi yoki uning ishonchli vakili...

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ МАҲСУЛОТЛАРИНИ ЕТИШТИРИШ ТИЗИМИ

personmaftuna 01-09-25, 01:14
0 ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ МАҲСУЛОТЛАРИНИ ЕТИШТИРИШ ТИЗИМИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

“Қишлоқ хўжалиги майдонларидаги қўшимча имкониятлардан фойдаланган ҳолда маҳсулот етиштиришни кўпайтиришга доир...

menu
menu