Kuzatuvchi » Siyosiy » OTA-ONADAN BOLALARGA UNDIRILADIGAN ALIMENT MIQDORINI ANIQLASH TARTIBI

OTA-ONADAN BOLALARGA UNDIRILADIGAN ALIMENT MIQDORINI ANIQLASH TARTIBI

Aliment (lotincha: alumentum – qaramogʻidagi, boqimidagi) – bir shaxsning boshqa shaxsga majburan yoki ixtiyoriy ravishda toʻlaydigan nafaqasi. Aliment toʻlash majburiyatlari asosan nikoh, qarindoshlik, ota-ona, farzandlik, farzandlikka olish, bolalarni tarbiyaga olish natijasida kelib chiqadi.

Ota-onalar hamda bolalarning aliment borasidagi huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi (1998-yil 30-aprel) va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Ularga binoan ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berishi shart.

Ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdori aliment to‘lovchining oylik ish haqiga va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.

Aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi doimo bir xilda bo‘lmay, o‘zgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan bo‘lsa, shuningdek daromaddan ulush tarzida aliment undirish imkoniyati bo‘lmasa yoinki ota-ona rasman belgilangan ish haqi yoki daromadga ega bo‘lmasa, voyaga etmagan bolalarning ta’minoti uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment miqdori har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.

          Aliment O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pul yoki natura tarzida olingan barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinadi.

          Chet el valyutasida olinadigan daromadlar aliment undiriladigan kunda amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha so‘mlarda hisoblanadi.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

 

Boshqa maqolalar

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI TOMONIDAN XALQARO VA BOSHQA

personmaftuna 19-01-24, 17:30
0 DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI TOMONIDAN XALQARO VA BOSHQA RASMIY TADBIRLARDA SOVG‘A OLISH TARTIBI

Davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar,...

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:18
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko‘ra, uy-joy sotib olish uchun subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga...

TO'QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ YO'NALISHIDAGI

personmaftuna 19-05-24, 03:28
0 TO'QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ YO'NALISHIDAGI TADBIRKORLARDA SOLIQ TEKSHIRUVLARI O'TKAZILMAYDI

Farmonga muvofiq, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan va respublikada ishlab...

menu
menu