TO'QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ YO'NALISHIDAGI TADBIRKORLARDA SOLIQ TEKSHIRUVLARI O'TKAZILMAYDI
Farmonga muvofiq, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan ro'yxat bo'yicha import qilinadigan xomashyo va boshqa materiallar, butlovchilar va ehtiyot qismlar 2027-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod qilinadi.
-2024-yil 1-maydan 2026-yil 1-maygacha “A” va undan yuqori toifadagi to'qimachilik va tikuv-trikotaj yo'nalishidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o'tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida o'tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, QQS summasi o'rnini qoplash (qaytarish) 1 kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.
-2024-yil 1-maydan “A” va undan yuqori toifadagi to'qimachilik va tikuv-trikotaj yo'nalishidagi eksportchi korxonalarga akkreditivni garovga olgan holda uning 70 foizi miqdorida ajratiladigan kreditlar uchun banklarga “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan mablag' taqdim qilish tizimi joriy qilinadi.
Toshkent shahrida va bosqichma-bosqich hudud markazlaridagi yirik savdo komplekslarida “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” (Made in Uzbekistan) brendi ostida milliy mahsulotlar do'konlari tashkil qilinadi.
(https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7348)
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
OILAVIY NIZOLARNI KO'RISH BO‘YICHA IXTISOSLASHTIRILGAN
personmaftuna 24-01-24, 03:06“Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi...
XORIJDA QIYIN AHVOLDA QOLGAN FUQAROLAR QANDAY YO‘L
personmaftuna 17-12-24, 11:22Xorijda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik idoralariga murojaat...
YER MUNOSABATLARIDA TENGLIK VA SHAFFOFLIK TA'MINLANISHI
personmaftuna 20-06-25, 13:14Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-973-son, 09.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va...