OTA-ONANING VOYAGA YETMAGAN BOLALARIGA TA’MINOT BERISH MAJBURIYATI (ALIMENT)
Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undiriladi.
Voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da’vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir.
Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to‘lash tartibini o‘zaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar.
Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to‘lash tartibi va shakli haqida ota-ona o‘rtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerak.
Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga to‘laydigan aliment miqdori
Agar voyaga etmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining:
- bir bola uchun — to‘rtdan bir qismi;
- ikki bola uchun — uchdan bir qismi;
- uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi.
Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Ota-onaning voyaga etgan bolalariga aliment to‘lashi
Ota-ona voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartdir.
Voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona o‘rtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi.
Ota-onadan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga undiriladigan alimentning miqdori sud tomonidan aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli hisobga olinib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
KAMERAL SOLIQ TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH
personmaftuna 28-03-24, 02:29O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.01.2021-yildagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq xavfini...
ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN XAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?
personmaftuna 30-09-24, 12:22SAVOL; Men turmush o‘rtog‘im bilan 4 yildan beri birga yashamayman. O‘tgan vaqt mobaynida men aliment undirish uchun...
ҚОНУНЛАР НОРМАЛАРИНИНГ АНИҚ ВА БИР ХИЛ ҚЎЛЛАНИЛИШИ
personmaftuna 24-08-25, 19:57“Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш тизими такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун...