Kuzatuvchi » Siyosiy » ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN XAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN XAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

SAVOL;

Men turmush o‘rtog‘im bilan 4 yildan beri birga yashamayman. O‘tgan vaqt mobaynida men aliment undirish uchun sudga murojaat qilmadim. Hozirgi kunda endi alimentga berdim va aliment undirish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarildi. Savol shuki, men xozir turmush o‘rtog‘imdan o‘tgan 4 yil uchun xam aliment undirishim mumkinmi ?

JAVOB;

Oila kodeksining 136-moddasida, aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi deb ko‘rsatilgan. Ya’ni, aliment undirish uchun qachon ariza bersangiz o‘sha paytdan undiruv boshlanadi. O‘tgan vaqt uchun esa undirilmaydi.

Biroq
Agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkinligi xam ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan.
     Demak, umumiy holatda o‘tgan davr uchun alimentni undirib bo‘lmaydi, faqat yuqoridagi kabi holat sudda tasdiqlansagina buning imkoni bor.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

personmaftuna 11-12-24, 02:19
0 ATMOSFERA HAVOSINI IFLOSLANTIRGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Inson salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatishi sababli atmosfera havosining ifloslanishi har doim tashvish uyg‘otgan....

“O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TO'G'RISIDA”GI

personmaftuna 27-12-24, 17:15
0 “O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI TO'G'RISIDA”GI KONSTITUTSIYAVIY QONUN (O'RQ-982-SON 25.10.2024-Y.) QABUL QILINDI

🔰 Unga ko'ra, Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo'lib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy...

OʻGʻITLAR ХAVFSIZLIGIGA DOIR TALABLAR OʻZGARDI

personmaftuna 13-02-25, 01:07
0 OʻGʻITLAR ХAVFSIZLIGIGA DOIR TALABLAR OʻZGARDI

Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025-yildagi «Organik va organik-mineral oʻgʻitlar х avfsizligi boʻyicha qoʻshimcha...

menu
menu