Kuzatuvchi » Siyosiy » KAMERAL SOLIQ TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH

KAMERAL SOLIQ TEKSHIRUVINI O‘TKAZISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.01.2021-yildagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq asosida faqat bitta soliq to‘lovchi tekshiruvdan o‘tkazilishi belgilangan.

Kameral soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda soliq to‘lovchining nomi va uning identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr ko‘rsatiladi.

Kameral soliq tekshiruvida soliq organining ikki va undan ortiq tekshiruvchi mansabdor shaxslari qatnashganda, tekshirish jarayonini boshqarish va natijalarini umumlashtirishga buyruqda familiyasi birinchi ko‘rsatilgan tekshiruvchi javobgar shaxs hisoblanadi.

Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati kameral soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilgan sanadan boshlanadi.

Kameral soliq tekshiruvi yuzasidan tuzilgan xulosa soliq organi rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan ikki kun ichida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

ХОТИН ҚИЗЛАР ҲУҚУҚИ

personmaftuna 28-03-24, 10:29
0 ХОТИН ҚИЗЛАР ҲУҚУҚИ

Қонунчиликка кўра, эркак ва аёллар ҳуқуқлари тенглигининг бузилиши билан боғлиқ ишларнинг судларда кўриб чиқилишида...

НОГИРОН ХОДИМЛАРНИ ҲАМ МЕҲНАТ ТАЪТИЛИДАН ЧАҚИРИБ ОЛИШ

personmaftuna 29-03-24, 06:11
0 НОГИРОН ХОДИМЛАРНИ ҲАМ МЕҲНАТ ТАЪТИЛИДАН ЧАҚИРИБ ОЛИШ МУМКИНМИ?

Янги Меҳнат кодексидаги айрим моддаларда одамни, иш берувчини ҳам, ходимни ҳам яхшигина чалғитадиган қоидалар бор....

YAGONA YETKAZIB BERUVCHILAR REYESTRI NIMA U?

personmaftuna 28-06-24, 23:02
0 YAGONA YETKAZIB BERUVCHILAR REYESTRI NIMA U?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 73-moddasiga asosan.Yagona...

menu
menu