Kuzatuvchi » Siyosiy » YANGI KONSTITUTSIYAGA KO‘RA HUKUMAT VA XOKIMIYATLARNING VAKOLATLARI QANDAY?

YANGI KONSTITUTSIYAGA KO‘RA HUKUMAT VA XOKIMIYATLARNING VAKOLATLARI QANDAY?

Hukumat zimmasiga barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, hududlarni kompleks va barqaror rivojlantirish va boshqalar bo‘yicha qo‘shimcha mas’uliyat yuklatildi.

Vazirlar Mahkamasi, shuningdek ijro etuvchi hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi.

Ilk marotaba Konstitutsiyada viloyat, tuman va shahar xokimlarining vakolatlari aniq belgilandi, shular qatorida:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini va Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, Prezident farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, yuqori turuvchi organlar qarorlarini, shuningdek xalq deputatlari tegishli Kengashi qarorlarini ijro etish;

hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish va boshqalar.

 

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

МАЪЛУМ САБАБЛАРГА КЎРА ОЛМАГАН ПЕНСИЯНГИЗНИ 24 ОЙЛИГИНИ

personmaftuna 07-06-25, 20:55
0 МАЪЛУМ САБАБЛАРГА КЎРА ОЛМАГАН ПЕНСИЯНГИЗНИ 24 ОЙЛИГИНИ ОЛИШИНГИЗ МУМКИН

Бугунги кунда қонунчиликда пенсионерга ҳисобланган, лекин унинг томонидан талаб қилиб олинмаган пенсияларни тўлаш...

SPORT SOHASIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH CHORALARI YANADA

personmaftuna 10-12-24, 11:28
0 SPORT SOHASIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH CHORALARI YANADA KUCHAYTIRILADI

«Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar...

OILAVIY (MAISHIY) ZO‘RAVONLIK

personmaftuna 30-05-24, 11:01
0 OILAVIY (MAISHIY) ZO‘RAVONLIK

Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy...

menu
menu