Kuzatuvchi » Siyosiy » SPORT SOHASIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH CHORALARI YANADA KUCHAYTIRILADI

SPORT SOHASIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH CHORALARI YANADA KUCHAYTIRILADI

«Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ-988-son, 04.11.2024-y.).

Qonun bilan Jinoyat kodeksining ayrim normalariga sport sohasidagi korrupsiya uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, xususan, kelishilgan o‘yinlarni tashkil etish, ularda ishtirok etish uchun jinoiy javobgarlikni belgilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ya’ni, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olishi uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Qonun milliy qonunchiligimizni zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda takomillashtirishga, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, sport sohasidagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga, shuningdek respublikamizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

ADVOKAT STAJYORI OʻRINDOSHLIK ASOSIDA ISHLASHI MUMKIN

personmaftuna 24-06-24, 10:47
0 ADVOKAT STAJYORI OʻRINDOSHLIK ASOSIDA ISHLASHI MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining “Advokat stajyori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi...

ЎЗБЕКИСТОННИНГ ХИТОЙДАГИ ЭЛЧИХОНАСИДА ҚОРАҚАЛПОҒИСТОНДАН

personmaftuna 22-02-24, 06:53
0 ЎЗБЕКИСТОННИНГ ХИТОЙДАГИ ЭЛЧИХОНАСИДА ҚОРАҚАЛПОҒИСТОНДАН ВАКИЛ ФАОЛИЯТ ЮРИТАДИ

Президент томонидан 09.02.2024 йилдаги “Қорақалпоғистон Республикасини комплекс ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш ва...

AYRIM FUQAROLARGA GAZ VA ELEKTR IST’EMOLI UCHUN

personmaftuna 29-06-24, 09:20
0 AYRIM FUQAROLARGA GAZ VA ELEKTR IST’EMOLI UCHUN KOMPENSATSIYA TO‘LAB BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yil kungi 204-son qarori qabul qilindi. ▪️Qarorga ko‘ra: “Ijtimoiy himoya yagona...

menu
menu