Kuzatuvchi » Siyosiy » OILAVIY (MAISHIY) ZO‘RAVONLIK

OILAVIY (MAISHIY) ZO‘RAVONLIK

Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo‘lmasa, 

-bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, 

-bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.


     

Boshqa maqolalar

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTINI TUGATISH

personmaftuna 27-01-24, 18:45
0 NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTINI TUGATISH

Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish uning yuqori organi qaroriga binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi....

QORAQALPOGʻISTONDAGI AYRIM MEHMONХONALARGA SUBSIDIYA

personmaftuna 01-06-24, 02:22
0 QORAQALPOGʻISTONDAGI AYRIM MEHMONХONALARGA SUBSIDIYA BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 16.05.2024-yildagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida mehmon х ona х izmatlarini rivojlantirish...

МАЪМУРИЙ СУДЛАР ФАОЛИЯТИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

personmaftuna 25-08-25, 02:37
0 МАЪМУРИЙ СУДЛАР ФАОЛИЯТИ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

“Фуқаролар ва тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқларини суд орқали ҳимоя қилишнинг замонавий механизмларини жорий этиш...

menu
menu