DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI TOMONIDAN XALQARO VA BOSHQA RASMIY TADBIRLARDA SOVG‘A OLISH TARTIBI
Davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin.
O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.
Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- milliy qonunchiligimizda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi;
- sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi;
- sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi;
- davlat organining obro‘siga putur yetkazmasligi;
- manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi sovg‘ani tadbirdan kelgandan so‘ng 3 ish kunida xo‘jalik bo‘limiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.
Sovg‘aning qiymati aniq bo‘lmasa, xo‘jalik bo‘limi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln so‘mdan) ko‘p bo‘lmasa, sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.
Sovg‘a qiymati BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lsa, u moliya-iqtisod bo‘linmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi.
Tez yaroqsiz holga keluvchi sovg‘alar (gul, shirinliklar), shuningdek kantselyariya to‘plamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruchka, kundalik va bloknot) sovg‘a sifatida rasmiylashtirilmaydi hamda ushbu sovg‘alar davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi.
Mazkur nizom talablari barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun majburiy hisoblanadi..
Ixlosbek ESHCHANOV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЯНГИ ОИЛА ҚУРГАН ЁШЛАРГА ХОНАДОНИДА ҚЎШИМЧА УЙ-ЖОЙ ҚУРИШ
personmaftuna 30-09-24, 06:22Президентнинг 04.04.2024 йил кунги ПФ-59-сон Фармонига асосан. 2024 йил 1 июндан: Меҳнат миграциясидан қайтган...
ENDI HOKIMLAR XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARIGA BOSHCHILIK
personmaftuna 07-02-25, 13:4517.10.2024-yil kungi O‘RQ-976-son Qonun Prezident tomonidan imzolandi va mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga...
MEHNAT SHARTNOMASIDA MUDDATLAR
personmaftuna 25-09-24, 00:50Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida ishning boshlanish va tugash sanasi aniq ko‘rsatiladi....