Kuzatuvchi » Siyosiy » ISHNI TA'LIM BILAN BIRGA OLIB BORUVCHI XODIMLAR UCHUN KAFOLATLAR VA KOMPENSATSIYALAR

ISHNI TA'LIM BILAN BIRGA OLIB BORUVCHI XODIMLAR UCHUN KAFOLATLAR VA KOMPENSATSIYALAR

Ish beruvchi mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida o'qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o'tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta'limini o'tayotgan xodimlarga ish va o'qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shart.

Mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan ajralmagan holda ta'lim tashkilotlarida tahsil olib, o'quv rejasini bajarayotgan xodimlarga ish joyi bo'yicha o'rtacha ish haqi saqlangan holda o'quv ta'tili, qisqartirilgan ish haftasi hamda mehnat to'g'risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan o'zga kafolatlar beriladi.

Mehnat shartnomasi bo'yicha ta'lim tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'qiyotganlarga yillik mehnat ta'tillarini ish beruvchi, ularning xohishiga ko'ra, bakalavriat talabalari uchun davlat attestatsiyasi va bitiruv malaka ishini himoya qilish, magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish vaqtiga yoxud imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga to'g'rilab berishi shart.

Umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional, oliy ta'lim tashkilotlarida, kadrlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarida (kurslarida) mehnat shartnomasi bo'yicha ishdan ajralmagan holda o'qiyotgan, ishga yangi qabul qilingan xodimlar uchun, agar ular o'z yillik mehnat ta'tillarini bakalavriat talabalari uchun davlat attestatsiyasi va bitiruv malaka ishini himoya qilish, magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish vaqtiga yoxud imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga moslashtirishmoqchi bo'lsa, ularning xohishiga ko'ra, yillik mehnat ta'tili mazkur ish beruvchidagi mehnat faoliyatining olti oyi tugaguniga qadar beriladi.

Kirish imtihonlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan xodimlarga oliy ta'lim tashkilotlariga kirish imtihonlarini topshirish uchun kamida 15 kalendar kun muddatga ish haqi saqlanmagan holda ta'til beriladi, ta'lim tashkilotlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi.

Oliy, o'rta professional va o'rta maxsus professional ta'lim tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta'lim shakli bo'yicha o'qiyotgan xodimlarga o'rtacha ish haqi saqlangan holda laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o'quv ta'tillari:

birinchi va ikkinchi kurslarda kechki ta'lim shaklida o'qiyotganlar uchun oliy ta'lim tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, o'rta professional va o'rta maxsus professional ta'lim tashkilotlarida — kamida o'n kalendar kun, oliy, o'rta professional va o'rta maxsus professional ta'lim tashkilotlaridagi sirtqi ta'lim shakli bo'yicha esa — kamida o'ttiz kalendarь kun;

uchinchi va undan yuqori kurslarda kechki ta'lim shaklida o'qiyotganlar uchun oliy ta'lim tashkilotlarida — kamida o'ttiz kalendar kun, o'rta professional va o'rta maxsus professional ta'lim tashkilotlarida — kamida yigirma kalendarь kun, oliy, o'rta professional va o'rta maxsus professional ta'lim tashkilotlaridagi sirtqi ta'lim shakli bo'yicha esa — kamida qirq kalendar kun muddatga har yili beriladi.

Mehnat to'g'risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganiga nisbatan davomiyligi ko'proq bo'lgan o'quv ta'tillari nazarda tutilishi mumkin.

Ishni o'qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat ta'tillari ular o'quv ta'tillaridan foydalanganligidan qat'i nazar beriladi.

Ish beruvchi oliy ta'lim tashkilotlarida sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta'lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo'lkira haqining 50 foizidan kam bo'lmagan miqdorini to'laydi. Davlat attestatsiyasidan o'tish uchun xuddi shunday miqdorda yo'lkira haqi to'lanadi.

 

A.DUSCHANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

SHAHARSOZLIK SOHASIDAGI NIZOLAR QANDAY HAL QILINADI?

personmaftuna 29-09-24, 22:24
0 SHAHARSOZLIK SOHASIDAGI NIZOLAR QANDAY HAL QILINADI?

Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024-yildagi 496-son qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib...

CHIQINDILAR BILAN ISHLASH JARAYONI TIZIMLASHTIRILADI

personmaftuna 19-05-25, 02:01
0 CHIQINDILAR BILAN ISHLASH JARAYONI TIZIMLASHTIRILADI

Prezident 24.03.2025-yildagi "Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks...

18 YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARNING MEHNATINI QO‘LLASH

personmaftuna 11-12-24, 02:20
0 18 YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARNING MEHNATINI QO‘LLASH TAQIQLANADIGAN ISHLAR

18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishlarda, yer osti...

menu
menu