Kuzatuvchi » Siyosiy » SHAHARSOZLIK SOHASIDAGI NIZOLAR QANDAY HAL QILINADI?

SHAHARSOZLIK SOHASIDAGI NIZOLAR QANDAY HAL QILINADI?

Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024-yildagi 496-son qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. 

Prezidentning 28.08.2023-yildagi PF-151-sonli "Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

● Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

● Shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi. 

“Shaffof qurilish” milliy aхborot tizimida Shaharsozlik sohasidagi nizolarni hal qilish natijalari reyestri yaratiladi. 

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiyani shakllantirish tartibi va uning vazifalari;

komissiyaga murojaat qilish shakli va tartibi;

arizani koʻrib chiqish tartibi. 

Ariza komissiya tomonidan kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Agar murojaatda koʻtarilgan masalalarni oʻrganish uchun boshqa tashkilot vakillarini jalb qilish, bevosita joyida oʻrganish, boshqa tegishli hujjatlar va materiallarni olish talab etilsa, uni koʻrib chiqish muddati yana 15 ish kuniga uzaytirilishi mumkin.

 
Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


 

Boshqa maqolalar

DAVLAT AKTIVLARINI SHAFFOF HOLDA XUSUSIYLASHTIRISH — DAVR

personmaftuna 25-06-24, 14:57
0 DAVLAT AKTIVLARINI SHAFFOF HOLDA XUSUSIYLASHTIRISH — DAVR TALABI

Joriy yil 19-aprel kuni Muxtaram Prezidentimizning “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha...

SAYLOV KOMISSIYALAR TIZIMI QANDAY?

personmaftuna 30-09-24, 22:58
0 SAYLOV KOMISSIYALAR TIZIMI QANDAY?

Markaziy saylov komissiyasi, hududiy saylov komissiyalari, tuman va shahar saylov komissiyalari, xalq deputatlari...

HAYDOVCHI UCHUN QANDAY HARAKATLAR TAQIQLANADI? 7 TA HARAKAT

personmaftuna 16-12-24, 18:57
0 HAYDOVCHI UCHUN QANDAY HARAKATLAR TAQIQLANADI? 7 TA HARAKAT

Haydovchilarning holatida ham shunda avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxs, albatta, yo‘l harakati qoidalarini...

menu
menu