Kuzatuvchi » Siyosiy » O'RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARNING MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TARTIBI HAQIDA BILASIZMI?

O'RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARNING MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TARTIBI HAQIDA BILASIZMI?

O'rindoshlik asosida ishlash xodimning o'zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo'yicha asosiy ishidan bo'sh vaqtida boshqa muntazam haq to'lanadigan ishni bajarishidir.

O'rindoshlik asosidagi ish xodim tomonidan o'zining asosiy ish joyida (ichki o'rindoshlik) yoki boshqa ish beruvchida (tashqi o'rindoshlik) bajarilishi mumkin.

O'rindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish to'liq yoki to'liqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qat'i nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.

Boshqa ish beruvchiga (asosiy ish joyidan tashqari) o'rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar quyidagilarni taqdim etishi shart:

  • pasportni yoxud uning o'rnini bosuvchi hujjatni yoki identifikatsiya ID-kartasini;
  • asosiy ish joyidan O'zbekiston Respublikasi kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo'yicha ma'lumotnomani;
  • bajarilishi uchun qonunchilikka muvofiq faqat muayyan ish stajiga ega bo'lgan shaxslar qo'yilishi mumkin bo'lgan ishga o'rindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan ko'chirma nusxasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko'chirmani;
  • diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki ta'lim to'g'risidagi yoki kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni, agar bunday ish maxsus bilimlarni yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa;
  • mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli bo'lgan ishga qabul qilish chog'ida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari to'g'risidagi olingan ma'lumotnomani;

Ichki o'rindoshlik shartlari asosida ishga qabul qilish chog'ida ish beruvchi xodimdan biror-bir hujjatni taqdim etishni talab qilishga haqli emas, agar mazkur ish maxsus bilim yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa va ilgari bu hujjatlar xodim tomonidan taqdim etilmagan bo'lsa, bundan diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki ta'lim to'g'risidagi yoxud kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni talab qilish mustasno.

O'rindoshlik asosida ishga qabul qilish chog'ida Mehnat Kodeksida, boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

O'rindoshlik asosida ishga qabul qilish mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi. 

Asosiy ish to'g'risida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan xodimning ichki o'rindoshligi chog'ida xodim bilan o'rindoshlik asosida ishlash to'g'risida alohida mehnat shartnomasi tuziladi.

O'rindoshlik asosida ishlash to'g'risidagi mehnat shartnomalari, agar bu qonunchilikka zid bo'lmasa, bir yoki bir nechta ish beruvchi bilan tuzilishi mumkin.

O'rindoshlik asosida ishlash to'g'risida tuzilgan mehnat shartnomasida ish o'rindoshlik asosida bajarilayotganligi ko'rsatilishi shart.

O'rindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.

O'rindoshlik asosida ishlash to'g'risidagi mehnat shartnomasida Mehnat Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda ish vaqtining davomiyligi va o'rindoshlik asosida ishlash tartibi ko'rsatiladi.

Quyidagi hollarda o'rindoshlik asosida ishlashga yo'l qo'yilmaydi:

  • o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarga;
  • agar o'rindoshning asosiy ishi noqulay mehnat sharoitlari bilan bog'liq bo'lsa shunday sharoitlardagi ishlarda ishlashga (bundan sog'liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno);

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Agar o'rindoshlik asosida ishlash xodimning, boshqa shaxslarning sog'lig'iga yoki ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligiga ziyon yetkazishi mumkin bo'lsa, ish beruvchi kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda mehnat shart-sharoitlari hamda tartibining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, muayyan kasb, mutaxassislik va lavozimlarga nisbatan o'rindoshlik asosida ishlashga cheklovlar belgilashi mumkin.

 

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

QANDAY QILIB KICHIK BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DASTURI

personmaftuna 05-03-24, 22:23
0 QANDAY QILIB KICHIK BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DASTURI A’ZOSI BOʻLISH MUMKIN

Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024-yildagi 37-son qarori bilan Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks...

TUMAN (SHAHAR) HOKIMLIKLARINING RAQAMLI IQTISODIYOTNI JORIY

personmaftuna 28-03-24, 02:38
0 TUMAN (SHAHAR) HOKIMLIKLARINING RAQAMLI IQTISODIYOTNI JORIY ETISH BO‘YICHA LOYIHALAR MENEJERLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Tuman (shahar)...

VAZIRLAR MAHKAMASINING 2024-YIL 6 -MAYDAGI 263-SON QARORI

personmaftuna 15-05-24, 07:45
0 VAZIRLAR MAHKAMASINING 2024-YIL 6 -MAYDAGI 263-SON QARORI BILAN SIFATLI TAʼLIMNI TAʼMINLASHDA IJOBIY NATIJALARGA ERISHAYOTGAN UMUMIY URTA TAʼLIM MAKTABLARI RAHBARIYATI HAMDA OʻQITUVCHILARIGA USTAMA BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOM TASDIQLANDI.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari...

menu
menu