Kuzatuvchi » Siyosiy » TUMAN (SHAHAR) HOKIMLIKLARINING RAQAMLI IQTISODIYOTNI JORIY ETISH BO‘YICHA LOYIHALAR MENEJERLARI

TUMAN (SHAHAR) HOKIMLIKLARINING RAQAMLI IQTISODIYOTNI JORIY ETISH BO‘YICHA LOYIHALAR MENEJERLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejerlarining ish faoliyati samaradorligini baholash va ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, loyihalar menejeri lavozimi bo‘yicha nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, ularning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan lavozim yo‘riqnomalarida belgilanadi deb ko‘rsatilgan.

Loyihalar menejeri lavozimiga nomzodlar, tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchilari va Vazirlikning tegishli hududiy bo‘linmasi bilan kelishilgan tartibda lavozimga tayinlanadi.

Raqamlashtirish dasturlarida belgilangan ustuvor vazifalar va loyihalarda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi hamda bu kabi kamchiliklarga muayyan davr mobaynida ta’sirchan choralar ko‘rilmaganligi borasida asoslantirilgan ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda, tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchilari va Vazirlikning tegishli hududiy bo‘linmasi tegishli tuman (shahar) hokimliklariga loyihalar menejerini egallab turgan lavozimdan ozod etish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritishi mumkin.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

MA’MURIY ISH YURITISHDA VAKILLIK

personmaftuna 28-09-24, 00:46
0 MA’MURIY ISH YURITISHDA VAKILLIK

O‘zbekiston Respublikasining 08.01.2018-yildagi O‘RQ-457-son Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi Qonuniga ko‘ra,...

PENSIYA TAYINLASH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLARNI TAQDIM

personmaftuna 11-12-24, 11:07
0 PENSIYA TAYINLASH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLARNI TAQDIM ETISH TARTIBI QANDAY?

“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR JAMOAT TRANSPORTIDA

personmaftuna 16-12-24, 11:26
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR JAMOAT TRANSPORTIDA HARAKATLANGANIDA QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?

Maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilar, homilador ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksa fuqarolar uchun...

menu
menu