IXTISOSLASHTIRILGAN SPORT MAKTABLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TARTIBI BELGILANDI
O‘zbekiston Respublikasining 20.08.2025-yildagi 524-sonli Hukumat qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ( Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablarining maqomi, asosiy vazifalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, sport maktablarida sport turlari bo‘yicha 5 — 11-sinflarda ta’lim beriladi.
Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga talab va takliflardan kelib chiqib, 7 — 11 yoshdagi o‘quvchi-sportchilarni 1 — 4-sinflarga o‘qishga qabul qilishga ruxsat etiladi.
Ta’lim jarayoni o‘quvchi-sportchilar soni 12 - 24 nafargacha bo‘lgan sinflarda tashkil etiladi.
O‘quvchi-sportchilarning sport mahorati darajasini oshirish maqsadida qishki ta’tilda 15 kun, yozgi ta’tilda 45 kun, jami 60 kunlik o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkaziladi.
Sport maktablarining 9-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, 11-sinf bitiruvchilariga tegishli sport turlari bo‘yicha diplom hamda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun malaka sertifikati beriladi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
KREDITNI UNDIRISH BO‘YICHA SUD QARORI CHIQARILGANDA FOIZ VA
personmaftuna 01-05-24, 10:48O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-914-son, 27.02.2024 y.) ayrim qonun hujjatlarga...
MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI
personmaftuna 25-09-24, 01:10Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha...
OMMAVIY TADBIRLARNI OʻTKAZISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR
personmaftuna 29-09-24, 20:11O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentyabrdagi “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolarning...