Kuzatuvchi » Siyosiy » KREDITNI UNDIRISH BO‘YICHA SUD QARORI CHIQARILGANDA FOIZ VA NEUSTOYKA HISOBLASH TO‘XTATILADI

KREDITNI UNDIRISH BO‘YICHA SUD QARORI CHIQARILGANDA FOIZ VA NEUSTOYKA HISOBLASH TO‘XTATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-914-son, 27.02.2024 y.) ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi

Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

Agar amalga oshirilgan to‘lov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorga ajratilgan mikroqarz yoki kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi:

asosiy qarz bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik va muddati o‘tgan foiz to‘lovlari mutanosib ravishda;

joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz bo‘yicha qarzdorlik;

neustoyka (jarima, penya);

kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlari.

Shuningdek, kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko‘rsatilgan, kredit bo‘yicha undiriladigan summaga nisbatan belgilangan tartibda foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million so‘mdan 100 million so‘mgacha oshirildi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

НИКОҲНИ ҚАЙД ЭТИШ

personmaftuna 14-02-25, 00:30
0 НИКОҲНИ ҚАЙД ЭТИШ

Ўзбекистон Республикаси Оила кодексига мувофиқ, никоҳланувчиларнинг ўзаро розиликлари ва уларнинг никоҳ ёшига...

ISHGA QABUL QILISHDA KIMLARGA DASTLABKI SINOV BELGILANMAYDI?

personmaftuna 17-12-24, 11:26
0 ISHGA QABUL QILISHDA KIMLARGA DASTLABKI SINOV BELGILANMAYDI?

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish...

CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK FANI

personmaftuna 20-03-24, 06:42
0 CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK FANI O‘QITUVCHILARI  ULARNI LAVOZIMGA TAYINLASH

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi tavsiyasiga ko‘ra...

menu
menu