BANKLARINING AXBOROT XAVFSIZLIGIGA DOIR MINIMAL TALABLAR BELGILANDI
“O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risida”gi 18.08.2025-yildagi 3669-sonli nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, banklar va ularning filiallarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash xizmati tashkil etiladi.
Xizmat bankning axborot aktivlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash, to‘lov ma’lumotlarining noqonuniy o‘zgarishi, bank yoki uning mijoziga zarar yetkazish holatlarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi.
Bank axborot xavfsizligiga oid ichki siyosatni ishlab chiqishi va qabul qilishi lozim.
Bundan tashqari, banklar ma’lumotlar bazasi sozlanishlarida xatoliklarni oldini olishi va tajovuzkorning quyidagi harakatlarini cheklashlari kerak, jumladan:
ma’lumotlar bazasiga kirish;
administrator va foydalanuvchilar parollarini bilib olish;
ma’lumotlar bazasining tizim fayllariga kirish;
zararli dasturlar o‘rnatish;
ma’lumotlar bazasi va serverga masofadan hujum qilish.
Tarmoqlararo ekran qurilmalari va proksi-serverlarning elektron bayonnomalari Xizmat tomonidan tahlil qilib boriladi va tashqi hujumlar aniqlanganda zudlik bilan Markaziy bankka xabar beriladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ELEKTRON HISOBVARAQ-FAKTURANI TOVAR-TRANSPORT YUK ХATI
personmaftuna 19-05-25, 08:20Vazirlar Mahkamasining 18.03.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tovar-moddiy...
DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA QABUL IMTIHONLARI
personmaftuna 25-09-24, 00:56O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 24.05.2024-yildagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat...
ENERGETIKA BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA TARTIBGA SOLISH
personmaftuna 24-06-24, 10:09O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2024-yildagi 252-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi...