ELEKTROTEXNIKA VA RADIOELEKTRONIKA MAHSULOTLARIDA XAVFLI MODDALARNI ISHLATISH CHEKLANADI
O‘zbekiston Respublikasining 15.08.2025-yildagi 517-sonli Hukumat qarori bilan “Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash to‘g‘risida”gi texnik reglament tasdiqlandi.
Reglament O‘zbekistonda muomalaga chiqarilayotgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklashga doir bajarilishi majburiy bo‘lgan yagona talablarni belgilaydi.
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining foydalanish hujjatlari davlat tilidagi pasport, o‘rnatish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo‘riqnomasi hamda undan foydalanish qo‘llanmasini o‘z ichiga olishi kerak.
O‘zbekistonda muomalaga chiqariladigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining ushbu reglament talablariga muvofiqligi baholanishi shart.
Qadoqlarga elektrotexnika va radioelektronika mahsulotining hamda ishlab chiqaruvchining nomi va (yoki) tovar belgisi joylashtirilishi kerak.
Mazkur reglament rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
АЙРИМ ТАДБИРКОР ВА ЮРИДИК ШАХСЛАР ДАВЛАТ БОЖИНИ ТЎЛАШДАН
personmaftuna 30-01-25, 11:43Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-1018-сон, 13.01.2025 й.) билан “Давлат божи тўғрисида”ги Қонунга қўшимчалар...
DAM OLISH VAQTI VA TA’TILLAR: 6 MUHIM SAVOLGA JAVOB
personmaftuna 12-12-24, 02:43Mehnat unumdorligi va samarasi maroqli hordiq chiqarishga bog‘liq. Shu bois mehnat munosabatlarida dam olish vaqtiga,...
BOLANI OVQATLANTIRISH UCHUN BERILADIGAN TANAFFUSLAR
personmaftuna 24-01-24, 18:302 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani...