Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLANI OVQATLANTIRISH UCHUN BERILADIGAN TANAFFUSLAR

BOLANI OVQATLANTIRISH UCHUN BERILADIGAN TANAFFUSLAR

2 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi. Bu tanaffuslar kamida har 3 soatda, har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda beriladi. 2 yoshga to‘lmagan 2 yoki undan ortiq nafar farzandi bo‘lgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida 1 soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi.

2 yoshga to‘lmagan bola otasining yoki onasining (vasiysining) xohishiga ko‘ra bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusga qo‘shib berilishi yoxud ish kunining (smenaning) tegishlincha qisqartirilgan holda boshiga yoki oxiriga ko‘chirilishi, shu jumladan jamlangan holda ko‘chirilishi mumkin.

Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar faqat ota-onadan biri bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lmagan va bunday tanaffuslardan foydalanmayotgan taqdirda beriladi.

 

Raisa TIMOFEYEVA, 

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

XORIJIY DAVLATDA YASHASH UCHUN RUХSATNOMA OLGAN DEPUTAT VA

personmaftuna 05-08-24, 18:48
0 XORIJIY DAVLATDA YASHASH UCHUN RUХSATNOMA OLGAN DEPUTAT VA SENATORLARNING VAKOLATLARI TUGATILADI

Prezident tomonidan 02.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va...

ТИББИЁТ ХОДИМЛАРИ УЧУН ҚОНУНЧИЛИКДА ҚАНДАЙ

personmaftuna 08-06-25, 16:17
0 ТИББИЁТ ХОДИМЛАРИ УЧУН ҚОНУНЧИЛИКДА ҚАНДАЙ РАҒБАТЛАНТИРИШЛАР НАЗАРДА ТУТИЛГАН?

1. Янги иш бошлаган салоҳиятли ёш шифокорлар учун 1 миллион сўмгача устамалар мавжуд Бунда таълим муассасасини тугатиб...

SHAХSLARNI ISHSIZ DEB E’TIROF ETISH

personmaftuna 01-05-24, 13:48
0 SHAХSLARNI ISHSIZ DEB E’TIROF ETISH

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi (roʻy х at raqami 3472 , 31.10.2023 y.) bilan Sha х slarni...

menu
menu